Siyosat
Arab mamlakatlari AQSh elchisining bayonotini qoraladi
O‘ndan ortiq davlat, jumladan Misr, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari Hakkabining bayonotlarini “xavfli va adovatni qo‘zg‘atuvchi” tahdid sifatida baholadi.
Tramp Grenlandiyaga shifoxona kabi jihozlangan kema yubormoqchi
Bu bayonot Oq uyda respublikachi gubernatorlar uchun uyushtirilgan kechki ovqat boshlanishidan sal oldin paydo bo‘lgan.
Meksikada narkobaron “El Mencho” o‘ldirildi
U mamlakatdagi eng xavfli jinoyatchilardan biri bo‘lib, “El Mencho” laqabini olgandi
Meksikada tartibsizliklar avj olmoqda
Meksikada tartibsizliklar qayd etilgan shtatlar soni 19 taga yetgan.
Evropa va AQSh o‘rtasidagi savdo bahsi: Qonunchilik ishlari to‘xtatilish arafasida
Evroparlamentning xalqaro savdo bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Bernd Lange 23 fevral kuni muzokaralar guruhiga Amerika bojlari masalasi bo‘yicha ishlarni to‘xtatib turishni taklif qilishini ma’lum qildi.
Eron va Rossiya o‘rtasida 500 million yevrolik maxfiy qurol kelishuvi tuzildi
Eron rahbariyati mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimini tiklash harakatlari doirasida Rossiya bilan zenit-raketa majmualarini (ZRM) sotib olish bo‘yicha 500 million yevrolik maxfiy kelishuv tuzgani aytilmoqda.
Robert Fiso Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatmoqchi
Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso 23 fevral kuni mamlakat tizimi operatoridan Ukrainaga elektr energiyasining avariyaviy yetkazib berilishini to‘xtatishni so‘rashini ma’lum qildi.
Eron va AQSh muzokaralari Jenevada bo‘lib o‘tadi: Ummon TIV sanani tasdiqladi
Ummon Tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar 26 fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Isroil Yaqin Sharqda qurolli guruhlarga qarshi alyans tuzmoqchi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan Yaqin Sharqda qurolli guruhlarga qarshi davlatlar alyansini tuzish masalasini muhokama qilish niyatida.
Eron: AQSh hujum qilsa, mintaqadagi Amerika bazalariga zarba beriladi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qilishicha, agar AQSh tomonidan hujum amalga oshirilsa, Tehron mintaqadagi Amerika harbiy bazalariga javob zarbasi berishga majbur bo‘ladi.
Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar mart oyida qayta tiklanadi
Eron va AQSh Tehronning yadroviy dasturiga cheklovlar qo‘yilishi evaziga unga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilish ko‘lami va mexanizmlarini turlicha baholamoqda.
Tehronning Trampga javobi: Bosim ostida muzokaralar va yon berishlar bo‘lmaydi
Eron prezidenti Masud Pezeshkian Tehron Vashingtonning bosimi ostida va Islom Respublikasiga zarbalar berish bilan bog‘liq tahdidlari soyasidagi muzokaralarda yon bermasligiga ishontirdi.