Qashqadaryo
Singlisi uchun o‘ch olmoqchi bo‘lgan qashqadaryolik erkak qudasi va uning qizini o‘ldirdi
1990 yilda tug‘ilgan fuqaro F.S. joriy yilning 28 iyun kuni soat 0800 lar atrofida Karmana tumani, “Shibzon” MFYda istiqomat qiluvchi qudacining hovlisiga kelib, to‘rt kun muqaddam, ya’ni 24 iyun kuni o‘z joniga qasd qilgan singlisining o‘limiga ular sababchi bo‘lganligini iddao qiladi.
Bu nimasi? Mirishkor tumanidagi bog‘chalarda bolalar yerda yotishga majbur bo‘lmoqda
«Daryo» mushtariylaridan birining xabariga ko‘ra, Mirishkor tumanining «Jeynov» qishlog‘idagi bog‘chalar «Obod qishloq» davlat Dasturi asosida ta’mirlangan bo‘lsa-da, haligacha bolajonlar karovatda emas, yerda yotadi. Bog‘chaning tashqi ko‘rinishi havas qilar darajada bo‘lsa-da, mashg‘ulot xonalari jihozsiz, yotoqxonalar esa karovatsiz holatda ekanligi ma’lum qilinadi.
Qashqadaryolik erkak qarindoshining tepkilab o‘ldirdi
2019 yil 18 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi 37 yoshli A.Q. Oq qishloq mahalla hududida o‘zaro janjal tufayli qarindoshi 41 yoshli O.X.ni tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazgan.
Kitob tumanida chaqaloq nobud bo‘ldi: "bevaqt" tuqqan ona aybdormi yoki kislorod bermagan shifokorlar?
«Daryo»ga Kitob tumanida yashovchi G‘olib Egamberdiyev murojaat qilib, 12 iyun kuni Kitob tuman markaziy shifoxonasining tug‘uruq bo‘limida tug‘ilgan farzandi qon yutib, nafas ololmay qolgani bois vafot etganini bildirdi. Va bu borada shifokorlarni o‘z vaqtida kerakli yordamni ko‘rsatmaganlikda aybladi.
Qolgan go‘shtlar qayerda? Shahrisabzdagi bog‘chada bolalarning haqi talon-taroj qilingan
Shahrisabz shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 1 iyun kuni 138 nafar bolaga 1 kilogramm go‘sht berilgan. Buni o‘sha kungi taomnoma fosh qildi, deya xabar beradi «Daryo» muxbiri.
Qashqadaryoda gaz quyish shaxobchasida talonchilik sodir bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida O.T. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qarshida 10 kunlik o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan yosh ona qo‘lga olindi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryodagi «roddom»da bemorlar yo‘lakda yotib davolanayotgani rostmi?
13 iyun kuni Ommaviy axborot vositalarida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shifoxonada bemorlar yo‘lakda yotib davolanayotgani aks etgan fotosuratlar tarqalgan edi. Aytilishicha, Nishon tumani markaziy shifoxonasining tug‘ruqqacha bo‘lgan davolanish bo‘limida ayollar koridorda yotgani, bitta palataga 8-9 nafardan ayol joylashtirilgani ham qo‘shimcha qilingan.
Qarshida YPX xodimini tayaq bilan kaltaklagan haydovchiga qarshi jinoiy ish ochildi (foto)
Oldinroq Qarshida haydovchi YPX xodimini haqoratlab, kaltaklagani haqida xabar bergandik.
Nimalar bo‘lyapti? Haydovchi yalang‘och holda YPX xodimini haqoratlab, kaltakladi (video)
Oldinroq mashinasini to‘xtatgani uchun YPX xodimini ayayovsiz urgan haydovchi haqida yozgandik.
Shahrisabzda Nizomiy nomidagi TDPUning filiali ochildi
Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Qarshiliklar og‘zida bir gap: «Qarzim yo‘q, ammo falon so‘m penya chiqibdi, to‘lamasa bo‘lmasmish...»
Shu kunlarda Qarshi shahri gaz idorasiga ishi tushgan deyarli hammaning og‘zida bir gap: «Qarzim yo‘q, ammo falon so‘m penya chiqibdi. To‘lamasa bo‘lmasmish». Bu holga faqat bir-ikki kishi duch kelgan bo‘lsa ham mayli edi. Tushunsa bo‘lardi. Axir intizomsiz iste’molchilar ham yo‘q emas-da oramizda. Biroq qizig‘i, dabdurustdan xabari berilgan ushbu «siylov»dan bebahra odamni uchratmaysiz hisobi. Bevosita joyiga borib o‘rganish asnosida ham bunga to‘la ishonch hosil qildik.