Kirmang

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, asosiy vazifa G‘azo Isroilga tahdid solmaydigan holatga keltirishdir.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas AQSH, Xitoy va Rossiya Yevropani zaiflashtirishga harakat qilayotganini bildirdi.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Moskva va Moskva viloyati bir yildan ortiq vaqt ichidagi eng yirik dron hujumiga uchradi. Hujum oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, 17 kishi turli darajada jarohat oldi.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

JSST Afrikada Ebola epidemiyasi tufayli favqulodda holat e’lon qildi.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA ma’lumotlariga ko‘ra, hodisaga sababchi bo‘lgan shaxs kelib chiqishi shimoliy afrikalik bo‘lgan 30 yoshli Italiya fuqarosidir.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Halokatga uchragan poyezd og‘ir konteynerlarni tashiyotgan bo‘lgan va to‘qnashuvgacha o‘z vaqtida tormoz berishga ulgurmagan.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dnestrbo‘yi aholisining Rossiya fuqaroligini olishini osonlashtiruvchi farmonga imzo chekdi.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Har yili o‘tkaziladigan “Women in Tech 2026” sammiti Afrikaning eng yirik texnologik xablaridan biri hisoblangan Keyptaun shahrida (Janubiy Afrika Respublikasi) bo‘lib o‘tdi. Bu galgi tadbir dunyoning 60 mamlakatidan 700 dan ortiq ishtirokchini, xususan, xalqaro tashkilotlar, texnologik kompaniyalar, davlat sektori, startap-ekotizimlar va “Women in Tech” global hamjamiyati vakillarini birlashtirdi.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik xalqaro aksiyadorlik bitimi amalga oshirildi — “O‘zbekiston Respublikasi Milliy investisiya jamg‘armasi” AJ (UzNIF) o‘z aksiyalarini London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqardi.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026 y.) bilan 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Ukraina Oliy aksilkorrupsiya sudi Prezident ofisining sobiq rahbari Andrey Yermakni qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. Sud jarayonida uning folbin bilan maslahatlashgani haqida ham so‘z bordi.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Gaitida qurolli to‘dalar o‘rtasidagi shiddatli to‘qnashuvlar oqibatida so‘nggi uch kun ichida qariyb 5300 kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.