Hodisalar
Sudandagi oltin konining qulashi oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘ldi
Konning qulashi seshanba kuni G‘arbiy Kordofan viloyatidagi El-Nahud shahri yaqinida joylashgan Al-Zaraa konida sodir bo‘lgan.
Maxsus tribunal Kosovaning sobiq prezidentini harbiy jinoyatlarda aybdor deb topib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qildi
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud qoshida tashkil etilgan Maxsus tribunal qisman tan olingan Kosovoning sobiq prezidenti Hoshim Tachini harbiy jinoyatlarda aybdor deb topdi.
Xitoy Eron va AQShni Islomobod memorandumiga qaytishga chaqirdi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bilan muzokaralar chog‘ida bayonot berdi.
Belarus va AQSh hal qilinmagan masalalarni hal qilish ustida ishlashda davom etmoqda
Bu haqda AQShning Belarus bo‘yicha maxsus elchisi Jon Koul Minskdagi muzokaralardan so‘ng shunday dedi.
AQSh Ummonda husiylar bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv o‘tgan hafta oxirida Maskatdagi AQSh elchixonasida bo‘lib o‘tdi. Ummon hukumati uchrashuvni tashkil etishga yordam berdi.
Armaniston Rossiyadan 102-harbiy bazasini olib chiqishni talab qilmaganmi?
Bu haqda Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Alen Simonyan jurnalistlarga shunday dedi.
Rossiyada urush sabab alkashlar qirilib ketayotgani aytildi
“Bizning qishloqda birorta ham alkash qolmadi. Uchastka noziri hammasini maxsus harbiy operasiyaga jo‘natdi va hammasi halok bo‘ldi. Qamoqxonalarda ham deyarli odam qolmadi. Shuning uchun, ehtimol, shu ma’noda Rossiya mahbuslarsiz, alkashlarsiz, omadsizlarsiz, qandaydir shubhali odamlarsiz bo‘lishini istaydi. Faqat chin dildan sodiq odamlar qoladi.
Livan prezidenti Isroil bilan xavfsizlik shartnomasini tuzishga tayyor
Bu haqda Aun AFP agentligiga bergan intervyusida shunday dedi.
4-qavatdan yiqilgan o‘quvchi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
Toshkentdagi maktab-internat o‘quvchisi yotoqxonaning 4-qavatidan yiqilib, 10 kun davomida shifoxonada davolanganidan so‘ng vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy urush va yaradorlar oqimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Germaniya shifoxonalari Rossiya va NATO o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan taqdirda kuniga 1 000 nafargacha yarador harbiy mamlakatga olib kelinishi mumkin bo‘lgan ssenariyga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mamlakatdagi 5 ta harbiy shifoxona bunday oqimni tezda qabul qila olmasligi mumkin.
216 mln. so‘mlik kredit qarzini undirish uchun qidiruvdagi avtomashina ushlandi
Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv sho‘’basi hamda YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan «AVTOKON» tadbiri doirasida kredit qarzdorligi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositasi aniqlandi
Andijonda MIB yordamida kelinning sepi olib berildi
Qayd etilgan mol-mulklar ro‘yxatidan kelinning sepi tariqasida olib kelingan kiyim-kechak, mebel, maishiy jihozlar va xo‘jalik anjomlari joy olgan.