Hodisalar
Ko‘p miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Filippinda parom halokati: qurbonlar soni 30 nafardan oshdi
Filippinda «Trisha Kerstin 3» nomli Ro-Ro turidagi parom halokati oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 nafarga yetdi. Qo‘shimcha ikki jasad topilgani ma’lum qilindi.
AQSh hukumati Meta'ning WhatsApp'dagi shaxsiy yozishmalarga kirish imkoniga egaligi bo‘yicha tergov o‘tkazmoqda
Agentlikning ma’lum qilishicha, AQSh huquqni muhofaza qilish organlari Meta'ning sobiq pudratchilari tomonidan bildirilgan da’volar ustidan surishtiruv o‘tkazmoqda.
Xitoydan mandarin va ananas importi uchun vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi
Xitoydan import bo‘lgan mandarin va ananas partiyalaridan tegishli tartibda olingan namunalar Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazilgan.
Sirdaryoda yovvoyi o‘rdaklar noqonuniy ovlanganligi aniqlandi
Reyd davomida 4 nafar fuqaro o‘zlariga tegishli ov qurollari yordamida 9 dona yovvoyi o‘rdakni hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda ovlaganligi aniqlandi.
Rossiya muzokarachilari Odessa va Xarkovga berilgan zarbalar uchun "shaxsiy tartibda" uzr so‘ragan
Ular bu holatni barcha rus harbiy bo‘linmalari o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olmagani bilan izohlagan.
Rossiyaning urushda halok bo‘lgan harbiylari soni yangi yollanganlar soni bilan deyarli teng
Bir qator Yevropa davlatlari so‘nggi haftalarda Rossiyaning urushda halok bo‘lgan askarlari soni keskin oshganini bildirmoqda.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining kelgusidagi ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
O‘zbekiston islomga oid meros bo‘yicha Osiyoda yetakchi mamlakat deb topildi
Bu haqda ASIA Records tomonidan Kuala-Lumpurda o‘tkazilgan marosimda e’lon qilindi.
Yigit o‘qishga kirish imtiyozini olish uchun oyoqlarini kesib tashladi
Hindistonning Jaunpur shahrida 24 yoshli yigit nogironlik asosida o‘qishga kirish uchun chap oyog‘ining bir qismini kesib tashlagan.
Moliya vaziriga ham o‘rinbosar tayinlandi
Jalol Qurbonov Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Turkiyada o‘zbekistonliklar deportasiya qilinmaydi
O‘zbekiston Migrasiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Turkiya Mehnat vaziri Vedat Ishikxan o‘rtasida kelishuvlarga erishildi.