Yangiliklar

Sport vazirligi mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi

«Mamlakatda aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etish va «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlarini o‘tkazish» bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

G‘azo sektorida sulh 4 martdan boshlanishi mumkin — Reuters

Agentlikning manbalarga tayanib xabar berishicha, HAMAS guruhi Misr, Qatar, AQSh va Isroil ishtirokida G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar yakunlari bo‘yicha shunday taklif oldi.

28 fevral – 3 mart kunlari Toshkentda gandbol bo‘yicha IHF Trophy turnirining qit’alararo bosqichi bo‘lib o‘tadi

28 fevral – 3 mart kunlari Toshkentda gandbol bo‘yicha IHF Trophy turnirining qit’alararo bosqichi bo‘lib o‘tadi. U18 va U20 yosh toifalaridagi qizlar o‘rtasida tashkil etiladigan turnirda o‘z mintaqalarida g‘alaba qozongan jamoalar chempionlik uchun kurash olib borishadi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 7/24 onlayn to‘garaklar platformasi yaratildi

7/24 loyihasi doirasida talabalar uchun ingliz tili, texnik ijodkorlik, musiqa va boshqa ijodiy to‘garaklar o‘z faoliyatini boshlab yuborishgan.

AQSh Kongressiga Baydenni hokimiyatdan chetlatish bo‘yicha rezolyusiya taqdim etiladi

Deputat Ken Bak Fox News Digital telekanaliga dushanba kuni Bayden Vazirlar Mahkamasini Konstitusiyaga 25-o‘zgartirish kiritishga chaqiruvchi rezolyusiyani taqdim etishni rejalashtirayotganini aytdi.

Poytaxtda 3 kun ichida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda 45 ta qoidabuzarlik holati aniqlandi

Joriy yilning 24-26 fevral kunlari Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» Respublika ishchi guruhlari tomonidan Toshkent shahrida tezkor nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Uyushmaning Qoraqalpog‘iston bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan “Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda voqelikni xolis yoritish: bugungi holat, tahlil, taklif va tavsiyalar” mavzusida mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Alabama shtati bosh prokurori idorasida portlash yuz berdi

Alabama shtati bosh prokurori Stiv Marshall shanba kuni uning ofisida portlovchi qurilma ishga tushganini aytdi.

Akmal Saidov BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasi ishtirokchilarini iqlim o‘zgarishi va inson huquqlariga bag‘ishlangan IV Samarqand forumiga taklif etdi

Kecha Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 55-sessiyasi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi ma’lumotiga asoslanib.

Bolalarga himoya orderi berish tartibi joriy etilmoqda

Qonunchilik palatasi yalpi majlisida “Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Cho‘ponlar nima uchun otarlarda kamida bitta echki ham boqishini bilasizmi?

Buning ikkita asosiy sababi bor! Qo‘y – qo‘rqoq va yuvosh hayvon. Adirlarda kemuruvchilar tasodifan chiqib qolsa, qo‘ylar ulardan hurkib, to‘rt tarafga tarqalib ketishi mumkin. Bunday paytda qo‘ylarni yana jamlash mushkul.

Qashqadaryoda kaliy zavodining zararli suvlari to‘g‘ridan to‘g‘ri soyga oqizilayotgani ma’lum bo‘ldi

Tekshiruv davomida yer ostida hosil bo‘lgan sizot suvlarini tashqariga chiqarish uchun shaxta loyihasi asosida markaziy nasos stansiyasi qurilgani, loyihada esa suv tozalash inshooti ko‘zda tutilmagani oqibatida chiqindi suvlarning uchdan ikki qismi ruda changini bosish uchun ishlatilib, bir qismi to‘g‘ridan to‘g‘ri “Tuyashsoy”ga tashlanayotgani ma’lum bo‘lgan.