Yangiliklar

Isroil O‘zbekistonning JSTga a’zoligini ratifikasiya qildi

BAAda bo‘lib o‘tayotgan Jahon savdo tashkilotining konferensiyasi doirasida tegishli hujjatni Isroil iqtisodiyot vaziri Nir Barkat O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashuvda imzoladi.

Bankomatlardan 1,4 mlrd. so‘m pullarni talon-toroj qilgan bank xodimi qamaldi

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, sud muhokamasiga yuborilgan.

Poytaxtda renovasiyaga tushgan 500 gektardan oshiq hudud: Toshkent shahar hokimining axborotiga munosabat bildirildi

Renovasiyaning mustahkam qonuniy asosi bo‘lishi va bu boradagi dasturlar uy-joy mulkdorlari hamda keng jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda amalga oshirilishi zarur.

Gandbol: Toshkentda “IHF Trophy” turniri boshlanmoqda

Bugun, 28 fevral kuni poytaxtimizda gandbol bo‘yicha o‘n sakkiz yoshgacha (U-18) va yigirma yoshgacha (U-20) bo‘lgan qizlar jamoalari o‘rtasidagi “IHF Trophy” turnirining qit’alararo bosqichi musobaqalari boshlanadi.

Fermerning BYD avtomashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish yuzasidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Markayev U.O.” fermer xo‘jaligiga tegishli avtomobil soliq qarzdorligi evaziga xatlandi.

29 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

Rossiyalik prodyuser Gavrilov – Timur Haydarovning klinikasida vafot etdi

Pyotr Gavrilov 17 fevral kuni plastik jarroh Timur Haydarov klinikasida bariatrik jarrohlik amaliyotini (oshqozon hajmini jarrohlik yo‘li bilan qisqartirish) o‘tkazgandi.

Andijonda fuqarodan 300 mln. so‘m olgan quruvchi qamaldi

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan hamda JIB Xo‘jaobod tumani sudining 26.05.2021 yilgi hukmi bilan sudlanuvchi K.A. ga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-915-son, 27.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 183 megavattli 6 ta yirik va kichik GESlar foydalanishga topshirildi

Deyarli barcha viloyatlarda zamonaviy quyosh va shamol elektr stansiyalari barpo etilmoqda.

RSHTTYOIM Andijon filiali mansabdor shaxslariga "ish" ochildi

Xozirda jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi o‘tkazilmoqda.

Energetika vazirligiga joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan 14 ta stansiya qurilishini jadallashtirish topshirildi

Bular - Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida 2 gigavattli 11 ta quyosh, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 600 megavattli 3 ta shamol stansiyasi.