Yangiliklar

Eron janubi-sharqida teraktning oldi olindi

Eronning Siston va Belujiston viloyatlarida terror harakatiga urinish bo‘ldi.

“West Oil Software” kompaniyasi 50 ishchini bo‘shatdi

Qozog‘istonda faoliyat olib borayotgan “West Oil Software” kompaniyasi ish tashlagan 50 nafar mahalliy xodimni ishdan bo‘shatdi.

Bishkekda Qirg‘iziston – Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Bishkekda Qirg‘iziston – Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Xitoy va AQSh ilmiy-texnikaviy hamkorlikni qayta yo‘lga qo‘yadi

“Ikki tomon hozir Xitoy – Amerika ilmiy-texnikaviy hamkorligini qayta jonlantirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda”, – dedi Xitoy TIV rasmiy vakili Mao Nin brifingda.

Putin Federal Kengashga murojaatini boshladi

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin murojaatni nafaqat amaldagi davlat rahbari, balki prezidentlikka nomzod sifatida ham e’lon qilishini ma’lum qilgandi.

Qatar 2030 yilgacha Fransiyaga 10 milliard yevro sarmoya kiritadi

Fransiya va Qatar o‘rtasida 10 milliard yevrolik investisiya bitimi imzolandi. Hujjat 2030 yilgacha Fransiya iqtisodiyotiga 10 milliard yevro investisiya jalb qilinishini nazarda tutadi, deb yozdi AFP nashri.

Janubiy Koreya va AQSh harbiy o‘quv mashqini boshlaydi

Janubiy Koreya va AQSh “Freedom Shield” harbiy o‘quv mashini boshlaydi. Bu haqda AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy kontigenti ma’lum qilgan.

Isroil armiyasi XAMAS bilan jangda 580 askarini yo‘qotgan

2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil armiyasida yo‘qotish 580 nafardan oshdi, deyiladi mamlakat armiyasi matbuot xizmati rasmiy xabarida.

Farg‘onada 1,5 milliard dollarlik xorijiy investisiya o‘zlashtiriladi

Farg‘ona viloyatida o‘tgan yilda 1 milliard 330 million dollar miqdorida xorijiy investisiya o‘zlashtirildi. Investisiya kiritayotgan mamlakatlarning umumiy soni 23 taga yetib, bunda Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya davlatlari yetakchilik qildi.

Avstraliyada yirik o‘rmon yong‘ini

Avstraliya hukumati Viktoriya shtati g‘arbiy qismidagi 30 mingga yaqin aholini keng ko‘lamli o‘rmon yong‘ini tufayli evakuasiya qilishga chaqirdi.

Vengriya aholisi kamaymoqda

Vengriya markaziy statistika boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Vengriyada aholi kamayib boryapti.

Gondurasda avtobuslar to‘qnashuvi tufayli 19 kishi nobud bo‘ldi

Markaziy Amerikadagi davlat – Gondurasda ikki yo‘lovchi avtobus to‘qnashib ketdi. Natijada kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy matbuotga tayanib, “Anadolu” xabar tarqatgan.