Yangiliklar
Jasur Jabborov «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi direktori etib saylandi
Jasur Jabborov «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi direktori etib saylandi.
Qatarda ilk marotaba Uzbekistan Tech Conference tashkil etildi
"Web Summit Qatar – 2024" xalqaro texnologiya konferensiyasi doirasida O‘zbekiston elchixonasida "Uzbekistan Tech Conference" taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Bir guruh hindistonliklar videomurojaat yo‘llab, ularni Rossiya tomonida turib Ukrainada jang qilishga majburlashayotganini ma’lum qildi
Ular 15 kun davomida harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, so‘ng “urush bo‘layotgan joy”ga yuborilgan.
Buyuk Britaniya milliarder Makarovga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, u 2023 yilda faqat Kipr fuqaroligini saqlab qolgan holda Rossiya pasportidan voz kechgan.
Uyqu buzilishi saratonga sabab bo‘lishi mumkin — tadqiqot
Kechasi uyqusi ko‘p buziladigan erkaklarning prostata saratoni bilan kasallanish ehtimoli 20 foizga ko‘proq. Uyquning buzilishi ushbu kasallikning asosiy sababi bo‘lishi mumkin. Milliy saraton instituti jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, prostata saratoni uchun asosiy xavf omillari qarilik, irsiy moyillik, semirish va etnik kelib chiqishidir.
Marg‘ilonda o‘qituvchi o‘quvchining boshini telefon bilan urib yordi
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.
“Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Adliya vazirligi tomonidan “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.S. fuqaro D.Dga 4 000 AQSh dollarini 50,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 1 000 AQSh dollari va 20 055 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Valeriy Zalujniy prezidentlik saylovlari bugungi kunda o‘tkazilganda Zelenskiy ustidan ikkinchi turda g‘alaba qozonardi — SOCIS so‘rovnomasi
SOCIS so‘rovnomasiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy prezidentlik saylovlari bugungi kunda o‘tkazilganda Zelenskiy ustidan ikkinchi turda g‘alaba qozonardi.
O‘zbekiston va Hindiston harbiy tadqiqotchilari o‘zaro hamkorlikni faollashtirmoqda
O‘zbekiston Qurolli kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti hamda Hindiston Harbiy tarix va konfliktologiya markazi o‘rtasida harbiy ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikka oid memorandumni imzolash bo‘yicha onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo AA.
BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-114-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi.
Ma’muriy jarima 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llaniladi
Ma’muriy jarima 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llaniladi.