Yangiliklar

Murojaat o‘rganilishi natijasida 26 mln so‘mlik ish haqlari undirildi – Ombudsman

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyatidan fuqaro A.D. va uning o‘g‘li A.N. ish beruvchi tomonidan oylik maoshlarining to‘lanmagani bo‘yicha shikoyat qilishdi.

Qorovulbozordagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumning onasi Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaat qildi

2024 yilning 8 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynovaga mahkumning onasi telefon orqali murojaat qilib, o‘g‘lining salomatligidan tashvishlanayotgani, oxirgi marta uzoq muddatli uchrashuvga Qo‘qondan Buxoroga borganida, 3 kun emas 2 kunda uchrashuv tugatilganini ma’lum qilgan edi.

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyi direktori tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan To‘rayev Zafarjon Tursunpo‘latovich - Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyi direktori lavozimiga tayinlandi.

Keyingi uch oyda taksi xizmatlari budjetga 9,7 milliard so‘m soliq to‘ladi

Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band bo‘lmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish bo‘yicha boshlangan ishlar yil so‘nggiga borib o‘zining ilk samarasini berdi.

Jismoniy faollik saratonga chalinish xavfini kamaytiradi

Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan respondentlarda jismoniy mashqlar qilishga xushi yo‘q bo‘lganlarga qaraganda saratonning ayrim turlarining rivojlanish xavfi 20-25 foizga kamroq bo‘lgan.

O‘zbekistonlik ekspert Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Taniqli ekspert Shohida Ibragimova moliyaviy savodxonlikdan dars berib 2 oyda 300 nafar o‘quvchini natijaga chiqargani sababli Xalqaro rekordlar kitobi Ginnes rekordlar kitobiga kirdi.

O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Lenova olti oyoqli robot-itni taqdim qildi

Daystar Bot GS davlat tashkilotlarida qo‘riqchilik qilishi, shuningdek, yo‘lboshchi itlar o‘rnini egallab, qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etishi mumkin.

"Canadian Sanctuary AI" muhandislari "dunyodagi eng yaxshi robot qo‘llari"ga ega robotni yig‘ishdi

Ba’zi vazifalarni uning o‘zi qanday bajarishni biladi, juda nozik ishlarda esa odam boshqarishi mumkin.

Vafot etgan 568 kishi nomiga yuklar olib kelingan

Shu yilda ayrim kuryerlik tashkilotlari 4 ta holatda 200 dan ortiq fuqaroning ruxsatisiz ularning nomiga tovar olib kelgan.

Yirik turk poyabzal brendi O‘zbekistonga investisiya kiritadi

Bu haqda “O‘zcharmsanoat” assosiasiyasi va Layki kompaniyasi rahbarlari uchrashuvida so‘z bordi.

Shoygu Ukrainaga yadro quroli bilan zarba berishni taklif etgandi

G‘arb matbuoti Rossiya 2022 yilda Ukrainaga yadro quroli bilan zarba berish mumkinligi faktini oshkor qildi.