Yangiliklar

Hamza Umarov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olindi

Hamza Umarov ishtirokidagi «O‘tkan kunlar», «Mahallada duv-duv gap», «Chinor ostidagi duel», «Ali bobo va qirq qaroqchi» kabi filmlar haligacha tomoshabinlar e’tiboridan tushmagan.

O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro chegara savdo zonasini yaratish tezlashtiriladi

Ikki mamlakat bosh vazirlari boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgani, ular tomonidan ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgani ta’kidlandi.

BYD yana bir elektromobili narxini Cobalt’dan ham arzon qilib qo‘ydi

BYD kompaniyasi Xitoyda davom etayotgan misli ko‘rilmagan raqobat fonida o‘zining eng ommabop modellaridan biri BYD E2 elektromobili narxini arzonlashtirdi. E2 Honor Edition elektromobillari endi Xitoyda 89 800 yuandan (12 400 dollar) boshlab sotuvga chiqariladi. Elektromobil eski narxidan 1500 dollarga (13 foiz) arzonlashgan.

Ispaniya qirg‘oqlarida qayiqda topilgan qochqinlar orasida 7 kishi halok bo‘ldi

Seshanba kuni ertalab Gran Kanariya orolidan 140 km janubda topilgan muhojirlar ortilgan qayiqda 7 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Ispaniya dengiz qutqaruv xizmatiga tayanib, Sinxua agentligi yozdi.

Xitoyda kafe portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi

13 mart kuni mahalliy vaqt bilan 7:54 da Sanxe shahridagi to‘rt qavatli binoda joylashgan tez ovqatlanish shoxobchalaridan birida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkentda AQShga noqonuniy yo‘l bilan ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Gaitida jinoiy to‘da maqsadiga yetdi. Bosh vazir iste’foga chiqdi

Gaiti Bosh vaziri Ariel Anri mamlakatda jinoiy to‘dalar keltirib chiqargan zo‘ravonliklar va shiddatli norozilik namoyishlari fonida iste’foga chiqdi. Bu haqda Reuters agentligi yozdi.

Floridada qayiqdan qulagan pensionerni timsoh tishlab oldi

Florida shtatidagi «Evergleyds» milliy bog‘ida timsoh ag‘darilgan qayiqdan qirg‘oqqa suzib ketgan odamni tishlab oldi, deya xabar beradi Kazinform BELTA agentligiga tayanib.

Oxirgi 2 haftada kartoshka 16%ga qimmatlagan

Qo‘yliq ulgurji bozori o‘rniga ma’muriy va byurokratiya ta’sir vositalari bilan ega chiqqan Food city'da kartoshkaning maksimal narxlari 28 fevraldan (https://t.me/minecofinuz/8805) 13 martga qadar 4 300 so‘mdan 5 000 so‘mgacha ko‘tarilgan.

“Ochiq byudjet” portalida ovoz berish vaqtincha to‘xtatildi

Bunga portal serverida nosozlik kuzatilgani sabab bo‘ldi.

Kogon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ayni vaqtga qadar “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Qazoqov Otabek Nodirovich Kogon tumani hokimi etib tayinlandi.

Putin biznesni ogohlantirdi

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmaydi. Bu bois bu muammoni tubdan hal qilish kerak.