So‘nggi Xiva xonining taqdiri qanday yakun topgan?

2019 yilning dekabr oyida Kiyevdagi «Yaroslav Val» nashriyotida kelib chiqishi ozarbayjonlik bo‘lgan ukrain yozuvchisi Grigoriy Guseynovning «Sharqdan esgan shamol» nomli kitobi nashr etildi. Biz uchun muhim tomoni, kitobda so‘nggi Xiva xoni Said Abdullaxon va uning oilasining Ukrainadagi hayoti to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar taqdim etilgan. Zero, ushbu oila 1920 yilda Moskvaga olib ketilganidan keyingi taqdiri haqida ishonchli ma’lumot shu paytgacha yo‘q edi.