Xindiston

Hindistonda emlanganlarda ham xavfli koronavirus mutasiyasi aniqlandi

Virus bilan zararlanganlarning ayrimlari Buyuk Britaniyaning ”Covishield“, ba’zilari esa Hindistonning ”Covaxin” vaksinasi bilan emlangan.

Hindistonda bir kechada bir nechta fil halok bo‘ldi

18 filning o‘limi sabablarini o‘rgangan tergov guruhi toksin yoki zahar ta’sirini istisno qildi. Assam shtatining Nagaon shahri yaqinidagi tepalikdan o‘lik holda topilgan hayvonlar kamida 39000 amperlik yuqori kuchga ega bo‘lgan "tasodifiy chaqmoq" tufayli nobud bo‘lishdi, deb yozadi Indian Express.

Hindistonda kelin to‘y vaqtida vafot etdi. Kuyov esa singlisiga uylandi

Hindistonda kelin to‘y marosimi paytida vafot etdi. Biroq, oilalar to‘yni to‘xtatmaslikka qaror qilishdi va kuyov hamda marhuma kelinning singlisi o‘rtasida nikoh tuzishdi, deb yozadi "India.com".

Gang daryosida koronavirusdan o‘lgan 6 kishining jasadi topildi

Dushanba kuni kechqurun Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Gang daryosida olti kishining jasadi topildi. Bu haqda mahalliy hukumat vakili India TVga xabar berdi.

Koronavirusning hindcha shtammi og‘irroq pandemiyaga sabab bo‘ladi – mutaxassis

Koronavirusning hindcha varianti (B.1.617) dunyodagi dominant shtammga aylanib bormoqda va og‘irroq pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Singapur  Milliy universiteti Sog‘liqni saqlash fakulteti dekani, professor Tek Ik In ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, emlash yordamida virusni engib o‘tish mumkin.

Hindistonda «sariq mog‘or»ga chalingan ilk bemor vafot etdi

Bemor unda «sariq mog‘or» aniqlangandan 4 kun o‘tib hayotdan ko‘z yumgan. Bungacha u koronavirusdan 2 oy davomida davolangan.

Hindiston «sariq mog‘or» changaliga tushdi

E’tiborlisi, bemor tekshirilganda u birdaniga uch turdagi zamburug‘li kasallik — «qora, oq» va «sariq mog‘or» bilan kasallangani aniqlangan.

Hindistonda karantin uzaytirildi

Hindistonda karantin may oyining oxiriga qadar uzaytirildi.

"Qora mog‘or" xastaligiga qancha odam chalingani ma’lum bo‘ldi

Hindistonda "qora mog‘or" deb nomlanuvchi mukormikoz kasalligining 8800 dan ortiq holatlari qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Kimyo sanoati vaziri Sadananda Govda bayonotida aytdi.

Dehlida karantin yana uzaytirildi

Hindiston poytaxti ma’murlari koronavirus holatlari ko‘payganligi sababli Dehlida karantinni beshinchi marta uzaytirdilar, endi u may oyining oxirigacha amal qiladi, dedi Nyu-Dehli Bosh vaziri Arvind Kejrival.

Hindistonda koronavirus fonida "qora mog‘or"ga chalinganlarning ko‘zlari olib tashlanmoqda

Hindistonda koronavirus fonida "qora mog‘or" bilan kasallangan minglab odamlarni shifokorlar ikkala ko‘zini yoki bir ko‘zini olib tashlashga majbur bo‘lishdi. Taxminan 60 foiz bunday proseduraga mukormikoz bilan kasallanganlarning ko‘pchiligi duchor bo‘lgan.

Hindiston ijtimoiy tarmoqlardan koronavirusning "hindcha shtammi"ni o‘chirishni talab qilmoqda

Hindistonning Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi ijtimoiy tarmoqlardan COVID-19 koronavirusining "hind" variantiga havolalarni olib tashlashni talab qilmoqda, chunki u rasmiy ravishda B.1.617 deb nomlanadi, deb xabar beradi Hindustan Times.