Gang daryosida koronavirusdan o‘lgan 6 kishining jasadi topildi

Gang daryosida koronavirusdan o‘lgan 6 kishining jasadi topildi

Dushanba kuni kechqurun Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Gang daryosida olti kishining jasadi topildi. Bu haqda mahalliy hukumat vakili India TVga xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jasadlarni tanib bo‘lmadi, chunki ular uzoq muddat suvda qolib ketgan. Shifokorlar marhumlarning koronavirusdan vafot etganini aniqlashdi.

May oyi boshida Hindistonning Uttar-Pradesh va Bihar shtatlari ma’murlari Gangada 100 dan ortiq odam jasadi topilganligini e’lon qilishdi. Ehtimol, bu koronavirus oqibatida o‘lganlarning jasadlari bo‘lishi mumkin. Shtat polisiyasi ushbu hodisa yuzasidan tergov boshladi.

Hindiston hukumati o‘lganlarning jasadlarini Gang daryosiga tashlashni darhol to‘xtatishni talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!