Ukraina

Zelenskiy Makrondan raketalar va dronlarni so‘radi

Bu haqda u Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan suhbatda aytib o‘tdi , deb xabar beradi Le Parisien gazetasi .

Zelenskiy: Kursk viloyatida Ukraina qo‘shinlari qurshab olingani yo‘q

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram-kanalida aytib o‘tdi.

Zelenskiy: Putin urushni davom ettirmoqchi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

OSINT-tahlilchilar xaritalarida ham Sudja to‘lig‘icha rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tgani ko‘rsatilmoqda

Rossiya armiyasi Kursk oblastida keng ko‘lamli yurish boshlagani haqida juma kuni rossiyalik harbiy blogerlar xabar berishgandi. Rossiya bo‘linmalari Sudja g‘arbidagi Sverdlikova va shahar janubi-sharqidagi Kurilovkadan Ukraina bilan chegara tomon yaqinlashgach, ukrain guruhi qurshovga tushib qolish xavfi paydo bo‘lgandi.

OAV: Ukraina bir necha kunda Kurskdan chiqib ketishi kutilmoqda

Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi operasiyasi tez orada yakunlanishi kutilmoqda. Uning tugashiga bir necha haftadan bir necha kungacha vaqt ketishi mumkin, deb yozmoqda Ispaniyaning El Pais gazetasi Ukraina armiyasining nomi oshkor etilmagan vakillariga tayanib.

Tramp Zelenskiyni yana Oq uyga taklif qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Oval kabinetda janjallashib qolganidan keyin uni yana Oq uyga taklif qilishini aytdi.

Ukraina armiyasi ulkan yo‘qotishlar bilan, oyog‘i kuygan tovuqdek Kursk viloyatini tark etmoqda — Nebenzya

Rossiya qurolli kuchlari 8 martdan buyon Kursk viloyatidagi 19 ta aholi punktini ozod qildi.

Ukraina o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga rozi bo‘ldi

Ukraina harbiy harakatlarda 30 kunlik tanaffusga rozi bo‘ldi, AQSh harbiy ta’minot va razvedka ma’lumotlarini almashishni tiklaydi. Bu haqda Saudiya Arabistonida kechgan Ukraina va AQSh muzokaralarining qo‘shma bayonotida aytiladi.

OAV: Zelenskiy Jiddadagi AQSh bilan muzokaralarda qatnashmaydi

Bu haqda Fox News jurnalisti Jeki Geynrix “X” ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi .

Jurnalist: Putin Tinchlik istayman desa ishonasizmi?

Tramp: - Ishonaman, ishonaman. Rossiya bilan hamma aloqalarimiz yaxshi.

Turkiya Ukrainaga o‘z tinchlikparvar kuchlarini yuborishi mumkin

Milliyet nashri manbasiga ko‘ra, Turkiya Mudofaa vazirligidagi mansabdor shaxs shunday degan: "Hozircha konseptual asosga ega bo‘lmagan bu tashabbus turli kanallarda tilga olinayaati. Agar u mintaqaviy barqarorlik va tinchlikni ta’minlash uchun zarur deb topilsa, u holda tegishli tomonlar bilan o‘zaro baholanadi." — deya aniqlik kiritdi nashrning Turkiya Mudofaa vazirligidagi manbasi.

AQSh Saudiya Arabistonidagi muzokaralarda Ukrainaga 6 oylik sulh taklif qiladi

“AQSh va Ukrainaning Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi kun tartibi mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuv va 6 oylik sulhning asosi bo‘ladi”, dedi Trampning maxsus vakili Vitkoff.