Ukraina
Ukraina zarbalari ortidan Qrimning bir qator shaharlarida elektr ta’minoti uzildi
Ukraina Qurolli kuchlarining dron hujumlaridan so‘ng Qrimning bir qator shaharlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi. Rossiya tomonidan tayinlangan Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayevning ma’lum qilishicha, Sevastopol shahri vaqtincha elektr energiyasiz qolgan.
Putin: Zelenskiyning bayonotlari muzokaralarga emas, ziddiyatga xizmat qilmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning shaxsiy uchrashuvlar haqidagi murojaatlari muzokaralar uchun zarur shart-sharoit yaratmayotganini bildirdi.
Ukraina Voronejdagi raketalar uchun komponentlar ishlab chiqarish zavodiga hujum uyushtirdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Voronejdagi “Sborka” zavodiga zarba berilgan bo‘lib, u yerda “Iskander” va “Kalibr” raketa komplekslari, radiolokasiya stansiyalari hamda S-400 havo mudofaa tizimlarida qo‘llaniladigan tranzistorlar, diodlar va mikrosxemalar ishlab chiqaradi.
NYT: Ukraina Rossiyaning ballistik raketalari ko‘payganidan xavotirda
Agar Ukraina raketalari Moskva va Rossiyaning boshqa yirik shaharlariga tahdid sola boshlasa, bu Kremlning yadroviy qurol qo‘llashiga yoki urushning yanada shiddatli tus olishiga sabab bo‘lishi mumkin
Kiyev va Varshava o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashmoqda
Sibiga Polshada antiukrain kayfiyati kuchayib borayotganini ma’lum qildi
Zelenskiy Polshaning oliy mukofotidan mahrum qilindi
Bunday qaror Zelenskiyning 26 may kuni imzolagan farmoni sababli qabul qilingan.
Biz Ukraina tomonidamiz — Makron
Biz Ukrainaga yordam va ko‘mak bermoqdamiz, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etdik
The Economist: AQSh va Ukraina front chizig‘i bo‘ylab urushni muzlatish imkoniyatini muhokama qilmoqda
Dastlabki bosqichda frontning har ikki tomonida 50–70 kilometrlik hududda faol janglarni cheklash varianti ko‘rib chiqilmoqda. Bu esa keyinchalik kengroq tinchlik kelishuviga asos bo‘lishi mumkin.
«Foydali ahmoqlar»: Buyuk Britaniya bosh vaziri bilan bog‘liq mulklarga o‘t qo‘ygan ikki ukrainalik qamaldi
Londondagi Old Beyli sudi 22 yoshli Ukraina fuqarosi Roman Lavrinovichni 7 yilga, 27 yoshli Ruminiya fuqarosi, ukrain millatiga mansub Stanislav Karpyukni esa 2 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Peskov: Rossiya havo mudofaa tizimlari yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning havo mudofaa tizimlari har qanday sharoitda ham yuqori samaradorlik bilan ishlayotganini bildirdi.
Zelenskiy: Agar Ukraina yonsa, Moskva ham yonadi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning hujumlari davom etsa, buning oqibatlari Rossiya hududida ham sezilishini bildirdi.
Germaniya Ukraina uchun Havo mudofaa tizimlari o‘q-dorilari va Patriot raketalariga $400 mln ajratadi
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius NATO mudofaa vazirlari uchrashuvi va «Ramshtayn» yig‘ini oldidan Berlin Ukrainaga yordamni susaytirmasligini ma’lum qildi.