Donald Tramp

Amerika ommaviy axborot vositalari Baydenning g‘alabasini e’lon qilishdi

Amerikaning asosiy ommaviy axborot vositalari – «ABC News», «CNN», «AP» va «NBC» - AQSh prezidenti saylovlarida demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi.

Trampga Baydenning g‘alabasiga tayyorlanishni maslahat berishdi

AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning atrofidagilar unga Jo Baydenning g‘alabasiga tayyorlanishni maslahat berishdi. Bu haqda The Washington Post manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

"Agar Bayden prezident bo‘lsa, o‘ldiraman" — AQShlik erkak tahdid qildi

Los-Anjelesdagi aksilterror bo‘limi xodimlari demokratlar nomzodi Jo Bayden prezidentlik saylovida g‘olib chiqsa, o‘q otishni boshlayman, deb tahdid qilgan amerikalikni hibsga oldi. Bu haqda Los Angeles Times xabar berdi.

AQSh telekanallari Trampning nutqini uzib qo‘ydi, sababi ma’lum

Amerika telekanallari Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovlarida bo‘lib o‘tgan go‘yoki buzg‘unchilik va firibgarliklar haqidagi da’volaridan so‘ng uning nutqi translyasiyasini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Tramp "qonuniy ovozlar"ga ko‘ra Baydendan ustunligini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp raqibi, demokrat nomzod Jo Baydenga nisbatan "qonuniy ovozlar" bilan ustunligini e’lon qildi. U Oq uyda so‘zlagan nutqida g‘alabaga ishonch bildirdi.

“Bayden Prezident bo‘lsa ham oradan ko‘p o‘tmay baribir «taxtdan» ketadi”

"Jo Bayden AQSh prezidentiga aylangan taqdirda, sog‘ligidagi muammolar sababli uzoq vaqt «hukmronlik» qila olmaydi va kelgusi yilda uning o‘rnini ayol vise-prezident Kamala Xarris egallashi mumkin", dedi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xalqaro munosabatlarni o‘rganish markazi rahbari Valeriy Timoshenko.

AQShda musulmonlarning 70 foizi Jo Baydenga ovoz bergan

Amerika Islom aloqalari kengashi mazkur so‘rovnoma mustaqil avtomatlashtirilgan qo‘ng‘iroqlar yordamida o‘tkazilganligini ma’lum qildi.

Trampning yana AQSh prezidenti bo‘lishi sharti ma’lum qilindi

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makineni AQShning amaldagi rahbari Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish shartlarini aytdi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

OAV: Bayden rekord o‘rnatdi

Demokratlardan nomzod Jo Bayden allaqachon Amerika saylovlari tarixidagi eng ko‘p ovozni to‘plashga ulgurdi.

Sloveniya bosh vaziri Trampni g‘alaba bilan tabrikladi

Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha ovozlarni hisoblash tugamasdan respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Euronews yozmoqda.

Tramp o‘ziga ovoz berganlarni g‘alaba bilan tabrikladi

AQSh prezidenti Donald Tramp saylovchilarini saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda u CNN telekanalining jonli efirida aytib o‘tdi.

Ana xolos! Trampning yana AQSh prezidenti bo‘lishi — Germaniya uchun jiddiy muammo

Bundestag tashqi siyosat qo‘mitasi raisi, Xristian demokratik ittifoqi raisi lavozimiga nomzod Norbert Rottgen Germaniya Donald Trampning Qo‘shma Shtatlardagi yana to‘rt yillik prezidentligiga tayyor emasligini, amaldagi Amerika rahbarining joriy saylovlarda g‘alaba qozonishi Germaniya uchun jiddiy muammo bo‘lishini aytdi.