Toshkent

«Do‘stlik» va «Ohangaron» metro bekatidagi qurilish ishlarining to‘liq tugashi sanasi ma’lum bo‘ldi

«Do‘stlik» estakada yo‘nalishidagi birinchi bekatdir. Bir qavatdan iborat ushbu bekatda ayni paytda ma’muriy bino, chiptaxonalar, tibbiyot, xavfsizlik va texnik xodimlari uchun xonalari qurilib, so‘nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Fojia: Toshkentda ota o‘z o‘g‘lini pichoqladi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.D. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatish boshlandi

Dastlabki kuzatuv kameralari "2 Avtobus saroyi" MCHJ tasarrufidagi 5 ta №24 yo‘nalish avtobuslariga o‘rnatildi. Video kuzatuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash.

Toshkentdagi avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda (FOTO)

"Toshshahartransxizmat" AJ poytaxtdagi avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatishni boshlagan.

Videofakt! "Ozodlik" Jahongir Ortiqxo‘jayevga tuhmat qilyaptimi?

Oldinroq internet saytlarida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning mirobodlik shikoyatchilar bilan uchrashgani hamda qo‘pol gaplar aytgani haqida xabarlar tarqalgandi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bunga quyidagicha munosabat bildirdi.

Shayxontohur tumanida 4 ta uy yonib ketdi

22 avgust kuni soat 02:50da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Huvaydo” MFYda joylashgan 31, 51, 33 va 42-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston YOXX matbuot markazi xabar bermoqda.

Ortiqxo‘jayev: “Qayerga borsang shu yerga bor¸ xohlasang Prezidentga, xohlamasang, Xudoga bor”

“To‘qqiz qavatlik uylar orasida kamida 45 metr masofa bo‘lishi kerak, bu qurilish qilinsa, orada faqat 20 metr joy qoladi – bu qonunga xilof. Bolalarimiz qayerda o‘ynaydi, qariyalar qayerga chiqib nafas rostlaydi? Bu yerni xususiy tadbirorga berish – noqonuniy. Uni hech qanday auksionsiz hokim qarori bilan sotib yuborish esa, qonunni takror buzishdir”, degan mazmunda gapiradi arizachilar vakili.

“Eng ilg‘or harbiy psixolog”i mudofaa vazirligi bosqichiga yo‘l oldi

Tanlov qatnashchilari mezonlari bo‘yicha baholanishda bir qator davlat va jamoat tashkilotlaridan psixolog mutaxassislar taklif etildi.

Jurnalistlarga tajovuz qilgan hokim o‘rinbosarining «yangi qirralari» ochildi

Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning «Kun.uz» sayti jurnalistlariga qilgan tajovuzidan xabaringiz bor. Ayni holat shu kunlarda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotganidan ham voqifsiz.

Toshkentda 58 yoshli eng tajribali o‘g‘rilardan biri jinoyat ustida qo‘lga olindi

Zavqi Ziyayev ilk bor qachon o‘g‘irlik qilganini o‘zi ham eslolmasa kerak, lekin u so‘nggi bora qilgan o‘g‘irligidan panjara ortida turib hali ancha afsuslanadi. Sababi, huzur-halovatda yashashi kerak bo‘lgan yoshda qilingan jinoyat uning qolgan umrini qamoqda o‘tishiga sabab bo‘ldi.

O‘zini poyezd ostiga tashlab, buni videoga olgan bloger qilmishi sababini izohladi

Avvalroq o‘zbekistonlik Artur Babayev ismli bloger o‘zini yurib ketayotgan poyezd ostiga tashlab, ushbu holatni videoga olgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentda erkak sobiq rafiqasini pichoqladi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.