Siyosat
UNICEF: G‘azolik bolalar sulhga qaramay azob chekishda davom etmoqda
UNICEFning Falastin bo‘yicha vakili Kazem Abu Xalafning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida hujumlar va cheklovlar davom etmoqda, natijada bolalar azoblanmoqda. Kamiga 19 bola sovuq ob-havo tufayli, yana 165 bola esa to‘yib ovqatlanmaslikdan vafot etgan.
Yana bir Yevropa davlati Isroilga qarshi da’voga qo‘shildi
Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan Xalqaro jinoyat sudiga Isroil davlati ustidan kiritilgan da’vo ishiga Belgiya ham rasman qo‘shildi. Oldinroq ushbu da’vo ishiga Braziliya, Kolumbiya, Irlandiya, Meksika, Ispaniya, Turkiya kabi davlatlar ham qo‘shilgan edi.
Rossiya AQSh va Ukraina tomonidan taklif etilgan yangi tinchlik rejasini rad etishi mumkin — The New York Times
Nashrning yozishicha, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari va mamlakatni tiklashni nazarda tutuvchi Kiyevning yangilangan rejasi Moskva tomonidan "qabul qilib bo‘lmas" deb hisoblanmoqda.
Oq uy Amerika armiyasiga buyruq berdi
Oq uy AQSh qurolli kuchlariga Venesuela neftining kamida yaqin ikki oylik "karantin"ini ta’minlashga e’tibor qaratishni buyurdi, deb yozadi Reuters manbaga tayanib.
Isroil qarori 12 davlat tomonidan keskin qoraladi
G‘arb davlatlari guruhi, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada va Germaniya Isroil xavfsizlik vazirligining bosib olingan Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida 19 ta yangi aholi punkti qurilishini ma’qullash haqidagi qarorini keskin qoraladi.
Germaniya shakarga soliq joriy etmoqchi
Germaniyadagi tibbiyot assosiasiyalari ham hukumatdan shakar solig‘ini joriy etishni bir necha bor talab qilgan. Tibbiyot mutaxassislari shakarga qarshi kurash tamakiga qarshi kurash kabi, ya’ni davlat darajasida keng qamrovli qonunchilik choralari orqali amalga oshirilishi kerak, deb hisoblashadi.
AQSh razvedkasi rahbari Rossiya-Evropa urushi da’volarini rad etdi
Gabbardning so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedka hamjamiyati siyosatchilarga, jumladan, Reuters iqtibos keltirgan Kongress a’zosiga Rossiya NATO bilan keng ko‘lamli urushdan qochishga intilayotgani haqida ma’lumot bergan.
AQSh Qarib dengiziga qo‘shimcha qo‘shin va samolyotlar yubordi
Uning fikricha, bunday kuchlarning harakati AQSh ma’muriyati allaqachon harakatlar rejasini belgilab olganidan dalolat beradi. «Savol shuki, ular aynan nimaga erishmoqchi?» — dedi u.
AQSh Yevropa Ittifoqi rasmiylariga viza taqiqi joriy etdi
Terri Breton ushbu qarorga javoban X"da shunday munosabat bildirdi
Hindistonda shtat vaziri musulmon ayol shifokorning yuzini ochgani uchun tanqidga uchradi
Musulmon shifokor Nusrat Parvin hujjatini olish uchun niqobda sahnaga chiqqan paytda, Nitish Kumar avvalo uning niqobiga ishora qilib, “Bu nima?” deya e’tiroz bildirgan.
Rubio Tramp ma’muriyatining 2025 yilgi tashqi siyosatini “muvaffaqiyatli yil” deb atadi
Uning aytishicha, prezident Tramp xavfsizlik bo‘yicha asosiy va’dalarni bajargan, “eng yaxshisi esa hali oldinda”.
Serbiya va Rossiya gaz bo‘yicha bitimni yangiladi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Serbiyaga kuniga 6 million kubometr gaz yetkazib beradi. Gazning har 1000 kubometri uchun narx taxminan 290 yevro qilib belgilangan