Siyosat

Ukrainada 18 yoshdan "armiya"ga chaqirish taklif qilindi

Bu fikrni "Dnepr-1" ko‘ngillilar batalyonining sobiq komandiri Yuriy Bereza bildirib, yangi chaqirilganlarni mamlakatning g‘arbiy hududlariga yuborish kerakligini ta’kidladi.

Eronning Fars agentligi Tehron va Vashington o‘rtasidagi kelishuv loyihasi tafsilotlarini e’lon qildi

Eronning xorijdagi muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan Tehronga zudlik bilan 12 milliard dollar to‘lanadi

Lukashenko Makronga Putinga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan “erkakchasiga” gaplashib olishni taklif qildi

Shuningdek, Lukashenko Makronga Belarus yadroviy qurolni faqat o‘ziga tajovuz sodir bo‘lgan taqdirdagina qo‘llashini bildirgan

Xitoy jamiyat ustidan nazorat o‘rnatish uchun "golografik profillar" tizimini yaratmoqda

Hozircha bu tizim faqat jurnalistlarni qamrab olgan, biroq uni butun jamiyatga osongina yoyish mumkin

EI Rossiyadan armiyasini qisqartirishni hamda qo‘shinlarini Moldova va Gruziyadan olib chiqib ketishni talab qilmoqchi

Menga bu xuddi tuzoqdek tuyulmoqda. Rossiya ular bilan kim gaplashishini muhokama qilishimizni xohlayapti.

Tayvan tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun har oylik subsidiyalar to‘lamoqchi

Hozirda bunday qo‘llab-quvvatlashdan faqat besh yoshgacha bolasi bo‘lgan oilalar foydalanmoqda.

Putin Ruminiyadagi uyga qulagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiyaga ekspertiza uchun "ob’ektiv ma’lumotlar" va dron qoldiqlari topshirilsa, Moskva sodir bo‘lgan voqeaga baho beradi.

EI hozircha Putin bilan muzokara olib boruvchi shaxsni tayinlamaslikka qaror qildi

Bryussel avval strategiyani puxta o‘ylab olmoqchi va Rossiya bilan aynan nima haqida gaplashish kerakligini tushunib yetmoqchi.

Eron o‘z yadroviy ob’ektlari ustidan xalqaro nazorat o‘rnatilishiga rozilik berdi

Shuningdek, Eron o‘z boyitilgan uranini Qo‘shma Shtatlarga topshirilmaslik sharti bilan Xitoyga olib chiqishni ma’qullagan.

Evropada yirik operasiya: «Koza Nostra» mafiyasining 200 million yevrolik aktivlari musodara qilindi

Italiya Moliya gvardiyasi xorijlik hamkasblari bilan hamkorlikda o‘tkazgan yirik tezkor tadbir davomida Sisiliyaning mashhur «Koza Nostra» jinoiy guruhi hamda uning sobiq rahbarlaridan biri Matteo Denaroga tegishli bo‘lgan 200 million yevrodan ziyod qiymatdagi mulklar va mablag‘larni xatladi.

Putin YEOII sammitidan so‘ng Armanistonning G‘arb bilan yaqinlashuvi oqibatlaridan ogohlantirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 may kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri mezbonlik qilgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) oliy kengashi yig‘ilishi yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun bayonot berdi.

Latviya Rossiya bilan chegarada "ajdarho tishlari"ni o‘rnatmoqda

Har bir "tish"ning vazni qariyb bir yarim tonnani tashkil etadi. Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, texnikalar ularning orasidan shunchaki o‘tib keta olmasligi uchun to‘siqlar orasidagi masofa minimal darajada juda zich qilingan.