Siyosat

Kushner HAMAS bilan muzokaralardan so‘ng Netanyaxu bilan uchrashdi

Muzokaralarda Tinchlik Kengashining katta elchilari Toni Bler va Nikolay Mladenov ham ishtirok etishdi. Isroil delegasiyasining tarkibi hali oshkor qilinmadi.

Eron har bir o‘ldirilgan AQSh harbiysi uchun 30 ming dollar mukofot belgiladi

Armiya bosh qo‘mondoni general Amir Hotamiyga ko‘ra, reja "moliyaviy jihod"da ishtirok etish istagini bildirganlar ko‘pligi sababli ishlab chiqilgan.

Eron rahbariyati uzoq muddatli va keng ko‘lamli mojaroga tayyorlanmoqda

Bu strategiyadan maqsad – Eronga hujum qilish xarajatini oshirish orqali AQSH, Isroil va Ko‘rfaz davlatlarini bo‘lajak zarbalardan tiyishdir.

Tramp Eronga qattiq iqtisodiy zarba berish bilan tahdid qildi

Ekspertlarning aytishicha, Oq uy hozirda Eron neftining asosiy xaridori hisoblangan Xitoyga bosimni kuchaytirish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

El-Nino hodisasi rekord darajada kuchayishi mumkin

NOAA El-Nino intensivligini 1950 yildan buyon kuzatib keladi. Yangi hodisa tarixdagi eng kuchli El-Nino davrlari bilan raqobatlashishi, hatto ulardan ham kuchli bo‘lishi mumkin.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida neft tashishda yashirin sxema qo‘llanmoqda

Bu haqda Bloomberg agentligi manbaga tayanib xabar berdi.

Tramp Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik kelishuviga munosabat bildirdi

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonning jamoaviy xavfsizlik to‘g‘risida kelishuv tuzish qarori to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam hisoblanadi.

EI Rossiyaga qarshi 2022 yildan beri eng yirik sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Bu haqda YEI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.

Eron muzokaralarni "mojaro oldidan tanaffus" deb baholamoqda

Bu haqda The Wall Street Journal rasmiylar va razvedka ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Navbatdagi xalqaro iqtisodiy inqiroz Xitoyda boshlanishi mumkin

Xitoyning savdo profisiti 2025 yilda 1,2 trillion dollarga yaqinlashdi, bu rekord darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Tramp Kim Chen In bilan yaxshi munosabatda ekanini bildirib, Janubiy Koreya bilan harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

17–27 avgust kunlariga rejalashtirilgan Ulchi Freedom Shiyeld mashg‘ulotlarida Janubiy Koreyaning 18 mingga yaqin harbiy xizmatchisi ishtirok etishi kerak edi.

AQSh harbiylari Strava ilovasi orqali Yaqin Sharqdagi bazalari va harakatlarini oshkor qilib qo‘ygan

Natijada bazadagi kundalik tartib-qoidalar, shaxsiy tarkibning joylashuvi va harbiylarning bazalar o‘rtasidagi harakatlanish tartibini kuzatish imkoni bo‘lgan.