Vladimir Putin
Tramp koronavirusga chalinganlar uchun donor bo‘lishga tayyor
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida davolanishni tugatgandan so‘ng COVID-19ga chalinganlar uchun qon plazmasini berishga tayyorligini bildirdi.
Tramp terrorchilarning sherigimi? AQSh prezidentiga yangi ayblov qo‘yildi
Michigan shtatining demokrat-gubernatori Gretxen Uitmer Prezident Donald Trampni AQShdagi ekstremistik harakatlarning homiysi deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar tarqatdi.
AQShning davlat qarzi oshdi. Aybdor Trampmi?
Tramp 2016 yilgi saylov kampaniyasi vaqtida AQShning ulkan davlat qarzi muammosini ikkita prezidentlik muddati davomida hal qilishga va’da bergan.
Tramp: "Afg‘onistondagi AQSh harbiylari Yangi yilgacha uyida bo‘ladi"
Tramp va boshqa amaldorlarning aytishicha, AQSh noyabr oyida o‘zining Afg‘onistondagi harbiylari sonini 4000 tagacha kamaytiradi. Bu harakatlarning amalga oshishi Afg‘onistondagi vaziyatga bog‘liq.
Koronavirusga chalingan Trampning davolanishiga qancha pul ketmoqda?
AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirus infeksiyasida uch kunlik davolanishi narxi 100 ming dollardan oshdi. Ushbu baho chorshanba kuni The New York Times. tomonidan chop etildi.
Putin "Tramp uning kuchukchasi" ekanligi haqidagi gapga javob qaytardi
AQShda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenning hozirgi davlat rahbari Donald Trampni "Putinning kuchugi" deb atagani Rossiyani "ko‘taradi". Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida AQShdagi saylovlar bo‘yicha debatlar haqida fikr bildirar ekan, aytib o‘tdi.
O‘quvchi Putin: qizlar uni nega ardoqlagan?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin chorshanba, 7 oktyabr kuni o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Bugun u 68 yoshni qarshi oldi.
Mutaxassis: "Trampning ahvoli og‘irlashishi mumkin"
Amerika Qo‘shma Shtatlarining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi koronavirus bilan kasallangan prezident Donald Trampning holati yomonlashishi haqida gapirdi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ana xolos! Tramp koronavirusga birinchi testi musbat chiqqanini yashirgan
U jurnalist Shon Xennitiga bergan intervyusida koronavirusga test topshirgani, biroq uning natijalarini bilmasligini aytgan.
Tramp shifoxonadan ketdi va yana qaytdi. Nega?
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlarini qarshilash uchun o‘zi davolanayotgan shifoxonani qisqa vaqtga tark etdi.
Koronavirusga chalingan Trampga o‘lim tilashmoqda
Twitter ijtimoiy tarmog‘i COVID-19’ga chalingan AQSh prezidenti Donald Trampning ushbu kasallikdan o‘lishini tilab tvit yozgan foydalanuvchilarning xabarlarini o‘chirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiylari ma’lum qilgan, deb yozmoqda Motherboard.
Trampning ahvoli og‘irlashgani rostmi?
Hozirda koronavirusga chalingani sababli harbiy-tibbiy markazda davolanayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining og‘ir ahvoldaligini rad etish uchun millatga videomurojaat yo‘lladi.