Iqtisod
Fransiya hukumati norozilik namoyishlari fonida ta’lim sohasiga milliardlab mablag‘ ajratmoqda
Ta’lim sohasida islohotlar o‘tkazishni talab qilib boshlangan bu namoyishlar keyinchalik tartibsizliklar va talon-torojliklarga aylanib ketdi.
AQSh Putinga tinchlik evaziga Yevropaga gaz sotishni qaytarishni taklif qildi
NYT xabariga ko‘ra, Uitkoff va Trampning kuyovi Djared Kushner Ukraina orqali Rossiya va Yevropani bog‘laydigan gaz quvurlarini qayta ishga tushirishni taklif qilmoqda.
Le Monde: Trampning Rossiyaga munosabati ortida yirik biznes kelishuvlari turibdi
Le Monde tahliliga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin amaldor Kirill Dmitriyev AQSh ma’muriyatini Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik urush tugashidan oldin ham boshlanishi kerakligiga ishontirishga urinmoqda.
G‘azodagi inqiroz va Eronga qarshi harbiy harakatlar fonida Isroilda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Saylov jarayonlari G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar, Livan janubidagi vaziyat hamda AQSh bilan hamkorlikda Eronga qarshi olib borilayotgan nizolar fonida o‘tkazilmoqda.
Rossiyalik deputatlarning bank hisoblarida 500 mln dollardan ortiq mablag‘ mavjud
Xabar berilishicha, Rossiya Davlat Dumasining 450 nafar deputati bank hisob raqamlarida 44,4 milliard rubl (550 mln dollar) saqlanmoqda.
FAO Farg‘ona vodiysida dehqonlarga 24 ta qishloq xo‘jaligi uskunasini topshirdi
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga 12 ta motokultivator va 12 ta qo‘l purkagich topshirdi.
Moliyalashtirish tanqisligi sababli G‘azoda yarim million kishi oziq-ovqat yordamisiz qoldi
BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi (BOOD) moliyalashtirishning o‘tkir tanqisligi sababli G‘azoga beriladigan oziq-ovqat yordamini taxminan uchdan bir qismga qisqartirdi.
Tramp va Putin kelishuvidan so‘ng Rossiya dizeli ortilgan birinchi tanker AQShga yo‘l oldi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyadan yetkazib berish evaziga keskin ko‘tarilgan yoqilg‘i narxlarini pasaytirishga umid qilmoqda.
Ispaniya bosh vaziri mamlakatdagi inflyasiyani Erondagi urush bilan bog‘ladi
Bu haqda El País nashri xabar berdi.
Volkswagen 2030 yilgacha qariyb 50 ming ish o‘rnini qisqartirishi mumkin
Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Germaniyada korxonalarning 42 foizi xodimlarni qisqartirishni rejalashtirmoqda
Germaniyaning metallurgiya va elektrotexnika sanoatidagi korxonalarning 42 foizi kelgusi olti oy ichida xodimlar sonini qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Toshkentda bozorlar va savdo komplekslari xatlovdan o‘tkaziladi
Poytaxtdagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holati, mol-mulki hamda mavjud muammolari o‘rganiladi.