Hodisalar
Ukraina, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi yakunlandi
Bu haqda Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarda Ukraina delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan Rustem Umerovning vakili Diana Davityan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda BBC.
Ozarboyjon sudi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning sobiq prezidenti va uning safdoshlarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
Boku harbiy sudi 2023 yil kuzida qo‘lga olingan Tog‘li Qorabog‘ning harbiy-siyosiy rahbariyatiga nisbatan hukm e’lon qildi.
Gresiyada ijtimoiy tarmoqlarga cheklov kiritilmoqda+
Qonun bilan bolalar va o‘smirlarning onlayn muhitdagi faoliyati qonun darajasida cheklanadi.
O‘zbekiston Prezidenti Pokistonning harbiy sanoati salohiyati bilan tanishdi
O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy jihatlari muhokama qilindi.
Bank qarzini uzolmagan mijozning «fura»si xatlandi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan sud qarorlari ijrosini ta’minlash, qonun ustuvorligini amalda qaror toptirish maqsadida navbatdagi amaliy harakatlar olib borildi.
Ayrim yo‘l qoidabuzarliklar uchun endi ogohlantirish beriladi
Ma’muriy ogohlantirish — huquqbuzarga qonunga xilof harakatni takrorlamaslik haqida rasmiy tanbeh. U yozma yoki elektron shaklda beriladi.
O‘zbekiston bo‘ylab qator savdo markazlari yopildi
Tekshiruvlar avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlari, evakuasiya yo‘laklari va yong‘inga qarshi vositalar holatini qamrab olmoqda.
AQSh yadroviy hujum qurollarini cheklashga rozi bo‘lmadi
Bugun AQSh va Rossiya orasida imzolangan strategik yadroviy hujum qurollarini cheklash haqidagi shartnoma (DSNV) muddati tugadi.
Ukrainada harbiy yo‘qotishlar haqidagi rasmiy raqamlar ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahslarga sabab bo‘lmoqda
Tarmoq faollari agar rasmiy yo‘qotishlar shunchalik oz bo‘lsa, nima uchun mamlakatda uzluksiz safarbarlik davom etayotgani bilan qiziqmoqda.
"Yangi SHB-3 shartnomasi avvalgisidan tubdan farq qilishi kerak"
Ekspertga ko‘ra, AQShni kosmosni harbiylashtirish xavfi, axborot almashinuvi hamda Rossiyaning yangi qurol tizimlari, jumladan, "Poseydon" va "Burevestnik" qurollari qiziqtirmoqda.
Qoraqalpog‘istonda gigant shamol elektr stansiyalari quriladi
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili ushbu kompaniya Qorao‘zak tumanida qiymati 107 million dollar bo‘lgan, quvvati 100 megavattlik shamol elektr stansiyasini ishga tushirgan.
2025 yilda “Tez yordam”ga qancha yolg‘on chaqiriq kelib tushgani ma’lum bo‘ldi
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan yili eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan.