AKSh
Ona farzandlarini qutqarish uchun qotillikka qo‘l urdi
“NBC News”ning xabar berishicha, Texas shtatida istiqomat qiluvchi ayol ichida bolalari bo‘lgan mashinasini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan jinoyatchini otib tashlagan.
Xitoy: AQSh tarixdagi eng yirik savdo urushini boshlab yubordi
Pekin Vashingtonning xitoy mollariga boj kiritish qarorini tanqid ostiga oldi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Pulemyot ushlab olgan Tramp amerikaliklarni qo‘rqitib yubordi
AQSh prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich o‘g‘li Kichik Donald Tramp AQSh mustaqilligi kuni munosabati bilan amerikaliklarni otasining antiqa surati bilan tabrikladi.
AQShdagi yong‘inda taxminan 300 ta ekzotik hayvon qurbon bo‘ldi
AQShning Florida shtatidagi ranchoga chaqmoq tushishi oqibatida yuz bergan yong‘inda taxminan 300 ta ekzotik hayvon halok bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Ozodlik haykaliga bir ayol chiqib olgach, orolga kelganlar evakuasiya qilindi (video)
AQShdagi Ozodlik haykali supasiga bir ayol chiqib olganidan keyin, polisiyachilar Ozodlik orolidan sayyohlarni evakuasiya qildi, deb yozadi Forum Daily.
AQSh senatori Rossiyaga nisbatan shafqatsiz choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
Rossiyaga tashrif buyurgan AQSh kongressi a’zosi, senator Jon Nili Kennedi Moskvaga nisbatan shafqatsiz choralar ko‘rilishi mumkinligini ma’lum qilgan. Bu haqda senator «Korrespondent» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan, deb yozmoqda «Gazeta.ru».
Facebook soxta xabarlar bilan kurashish uchun startap sotib oldi
Facebook kompaniyasi tabiiy til ustida ishlash texnologiyasiga ixtisoslashgan Bloomsbury AI startapini sotib oldi. Bu haqda Facebook Academics sahifasida ma’lum qilindi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».
Bu yilda 700, keyingi yilda esa 716 milliard dollar mablag‘ ajratiladi
2019 yilda Qo‘shma Shtatlar mudofaa tizimiga ajratiladigan mablag‘ miqdori 716 milliard dollarga chiqadi.
Tramp KXDR bilan urushning oldini olganligi bilan maqtandi
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya oxirgi sakkiz oy mobaynida raketa uchirish va yadro sinovlarini amalga oshirmaganligini ma’lum qildi va uning say-harakatlarisiz Vashington Pxenyan bilan urush olib borayotgan bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u 3 iyul, seshanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Tesla’ning bosh muhandisi kompaniyadan ketdi
Tesla kompaniyasining bosh muhandisi Dag Fild besh yillik faoliyatidan keyin kompaniyani tark etdi. Bu haqda «RIA Novostti» xabar berdi.
Xitoyda Trampni haqoratlash taqiqlandi
Xitoyda OAVga AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan keskin fikrlar bildirish cheklandi. Shuningdek, Tramp hamda Oq uy ma’muriyati vakillarining savdo urushi yuzasidan aytgan izoh va fikrlarini XXR hukumatining rasmiy bayonotidan oldin e’lon qilish taqiqlandi.
Amerikalik erkak uch yashar qizchaning tug‘ilgan kuniga bostirib borib, mehmonlarni pichoqladi
Amerikaning Aydaxo shtatida 30 yoshli Timmi Kinner ismli shaxs bolalar bayramiga pichoq bilan bostirib bordi va to‘qqiz kishini pichoqladi, deb xabar beradi New York Post.