Kir Starmer
Jahongir Ortiqxo‘jayev turklarga: “O‘zbekistonga kirishingiz kerak. Yo siz kirasiz, yo koreyaliklar...”
Avvalroq, Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgani haqida xabar bergan edi.
2 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.
Endi mashina oynalarini qoraytirib yurishingiz mumkin!
2018 yil 1 avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi norma kuchga kirdi.
O‘zbekistondagi birinchi pullik yo‘llarni Germaniya kompaniyasi qurishi mumkin
Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi pullik yo‘llarning qurilishiga jalb etilishi mumkin.
Bugun Marsni yorqinroq ko‘rishingiz mumkin
Bugun, 31 iyul kuni Mars sayyorasi yerga 0,39 astronomik birlik, ya’ni 57,8 million km masofaga qadar yaqinlashadi.
1 avgust kuni ham bizni jazirama kutyaptimi?
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 avgust kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 20-22, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi.
Farzandini majburlab turmushga bermoqchi bo‘lgan ota-ona qamaldi
Qiz bunga rozi bo‘lmagach, ota uni o‘ldirishini aytib tahdid qiladi.
Rahmdillik – bu inson tabiatidagi eng go‘zal tuyg‘u
Alloh taoloning go‘zal ismlarining aksari rahmat, karam, fazl va afv ma’nolaridan kelib chiqqan bo‘lib, bu Parvardigorning bashariyatning gunohlarini kechib yuborishi ulardan intiqom olishi va g‘azablanishidan ko‘ra ko‘proq sodir bo‘lishini anglatadi.
Vebster universiteti O‘zbekistonda ta’lim dasturlarini amalga oshirishni boshlaydi
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil sentyabr oyida Nyu-York shahriga tashrifi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Sent-Luis shahrida (Missuri shtati) Vebster universiteti rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.
31 iyul kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 31 iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 20-22, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi.
Olimlar stress va tajovuzkorlik darajasini pasaytiruvchi mahsulotni ma’lum qildi
Massachusets-Louell universiteti olimlari to‘yinmagan Omega-3 yog‘ kislotalarini muntazam iste’mol qilish stress va tajovuzkorlik darajasini pasaytirishini aniqladi, deb yozadi «RIA Novosti».
O‘zbekistonda havo harorati yana keskin ko‘tariladimi?
FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 3 avgustga qadar O‘zbekistonda kunduzi 32—37, kechki payt esa 17—22 daraja harorat hukm surishi kutilmoqda.