Vladimir Zelenskiy

Putin Trampga sovg‘a qilgan to‘pga chip o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampga sovg‘a qilgan Jahon chempionati-2018 ramzi tushirilgan futbol to‘pi maxsus chip bilan jihozlangan, deb yozadi RIA Novosti.

Tramp va Putin 2019 yil boshida Vashingtonda uchrashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan 2019 yilda uchrashmoqchi. Bu haqda uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.

«Rus jodugari ushlansin». Putin Vashingtonga bormaydigan bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Trampning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Vashington shu yili Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kutmayotganini bildirdi.

Rossiya Trampni obro‘sizlantiruvchi ma’lumotga egami?

AQShda fuqarolarning aksariyati Rossiya hukumati Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampga nisbatan obro‘zsizlantiruvchi ma’lumotga ega, deb hisoblaydi. Bundan Konnektikut shtatidagi Kvinnipiak universiteti tomonidan o‘tkazilgan yangi so‘rov natijalari darak beryapti.

Tramp muzokaralarda Putinga yon bosganmi?

Kecha AQSh prezidenti Donald Tramp Xelsinkida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida bayonot berar ekan, hech qanday yon bosishlar bo‘lmaganini bildirdi.

Putin Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefonda muloqot qildi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Putinning bronza haykali go‘sht kombinati garajidan topildi

Rossiyaning Ural mintaqasida joylashgan Chastoozerye qishlog‘ida «Vatanga xizmat qilish» kompozisiyasi o‘rtasida turishi kerak bo‘lgan Vladimir Putinning bronza haykali mahalliy go‘sht kombinatining garajidan topildi. Bu haqda jurnalist Andrey Vipolzov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Rossiya 24» kanalida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi xodimasidan intervyu olishdi. U Putinning to‘ng‘ich qizi bo‘lishi mumkin (video)

18 iyul kuni «Rossiya 24» telekanalining xabarlar dasturida «Klyazmadagi ma’nolar hududi» forumi haqida syujet ko‘rsatildi, unda tibbiyot sohasidagi innovasiyalar muhokama qilingan, deb yozadi TJournal.

Donald Tramp Vladimir Putinni kuzda Vashingtonga taklif qildi

AQSh Prezidenti Rossiya rahbari Vladimir Putinni 2018 yil kuzida Vashingtonga taklif qildi.

Britaniya nashri Putin va Trampning samolyotlarini taqqosladi

Britaniyaning Daily Mail nashri Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp 16 iyulda Xelsinkidagi uchrashuvga kelgani aytilayotgan samolyotlarni taqqosladi.

Tramp nimani xavf-xatarga qo‘yib Putin bilan uchrashgani ma’lum qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvga rozi bo‘lib, “o‘zining siyosiy obro‘sini xavf-xatarga qo‘ygan”. Biroq bu tavakkalchilik “tinchlikka erishilgani” sababli o‘zini oqlagan, deb ma’lum qildi AQSh vise-prezidenti Mayk Pens.

Oq uy Trampning Putin bilan qattiq gaplashib qo‘yishi uchun reja tayyorlagan. Biroq Tramp hamma ishni teskarisiga qilgan

AQSh prezidenti Donald Trampning 16 iyul kuni Finlyandiya poytaxti Xelsinkida Rossiya prezidenti Vladimir Putin birga o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanidagi xulqi Oq uyning aksariyat xodimlari uchun «mutlaqo kutilmagan» ko‘rinish olgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal.