Yangiliklar
Dollar kursi arzonladi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Amerika MRB Zelenskiyni sulh tuzishga undamoqda - sobiq maslahatchi
“New York Times” gazetasidagi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) Ukrainadagi faoliyati va agentlik rahbari Uilyam Byornsning Kiyevga yashirin tashrifi haqidagi oshkora maqola G‘arbning Zelenskiyni tinchlikka ko‘ndirish istagidan dalolat beradi, deb taxmin qildi Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin o‘zining videoblogida.
Kecha mamlakatimizga Turkmanistondan 22 million kilovatt soat elektr energiyasi import qilindi
Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 27 fevral kuni mamlakatimiz bo‘ylab asosan kunning tig‘iz vaqtlarida 700 MVtgacha cheklovlar kiritilgan. Bu qishning sovuq kunlarida magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketgani hamda aholi iste’molchilarida elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi bilan bog‘liqdir.
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan byudjetga soliq tushumlari sezilarli oshdi
zbekistonda 2024 yil 1 yanvar holatiga soliq organlarida 531 757 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi. Buning natijasida hisoblangan daromad solig‘i summasi oshdi.
Superhujumchiga yetti yillik shartnoma va dahshatli maosh qilinadi
Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” rahbariyati “Napoli” to‘purari Viktor Osimxenga shartnoma tayyorlab qo‘ydi.
Yangilangan Konstitusiyaga binoan Senat qanday faoliyat yuritadi?
2024 yil 19 fevralda “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.
FVV Akademiyasida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
Kuni kecha, FVV Akademiyasida tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda “O‘zbek va xorijiy tillarni o‘qitishda ilmiy-innovasion yondashuv” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Parij ko‘rgazmasi: O‘zbekiston agrar tarmog‘i uchun so‘nggi yutuqlar o‘rganildi va joriy etish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli.
Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketini qabul qilishga tayyorlanmoqda
Evroparlament deputatlari joriy yilning 6-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan saylov oldidan Rossiya Federasiyasi uchun yangi cheklovlarni qabul qiladi.
Mo‘ynoqda jurnalistlar bog‘i yaratildi
Mamlakatimizda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘chatlarini, qalamchalarini ekish, yashil bog‘lar barpo etish masalalariga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
Ruxsatnomasiz Haj ziyoratiga borganlar katta jarimaga tortiladi
Saudiya Arabistoni podshohligi mamlakatga tashrif buyuruvchilar va aholini 2024 yilgi Haj mavsumida zarur ruxsatnomalarsiz qatnashishdan ogohlantirmoqda.
AQSh jinoyatchilar uchun boshpanaga aylandi — Ilon Mask
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh migrasiya muammolaridan kelib chiqib, butun dunyodan eng xavfli jinoyatchilar boshpanasiga aylanganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.