Yangiliklar

Rossiyada yangi qonun tufayli Vikipediya bloklanishi mumkin

1 mart kuni Rossiya Federasiyasida 2023 yil noyabr oyida e’lon qilingan blokirovkani chetlab o‘tish xizmatlarini ommalashtirishni taqiqlovchi hukumat qarori kuchga kirdi.

O‘zbekistonda qotilliklarning 40 foizi oilaviy nizolar sabab sodir etilgan

Bu haqida Senatdagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.

Olmazor va Toshkent tumani qisman elektr ta’minotidan uzildi

Bunga Toshkentdagi “L-Navoiy-1,2” elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik sabab bo‘ldi.

Joriy yil yakuniga qadar 100 mingdan ziyod yuqori sinf o‘qituvchilarining yangi metodikalar bo‘yicha malakasini oshiriladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i Shavkat Xo‘jaqulov ma’lum qildi.

Bektemir va Botir yangilangan WBA reytingida ko‘tarildi

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.

AQSh dollarining rasmiy kursi ko‘tarildi

Markaziy bank 5 martdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

O‘zbekiston Ombudsmani BMT kengashi sessiyasi doirasida muhim uchrashuvlarni amalga oshirdi

Jenevada BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 55-sessiyasi ochilgan. Unda O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ham ishtirok etdi.

Davlat byudjeti defisiti fevralda 7,2 trillion so‘mdan oshgan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, fevral oyida Davlat byudjeti daromadlari 16,9 trillion so‘mni, xarajatlari esa 24,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq 7,2 trillion so‘mdan oshgan.

NATO Rossiya chegaralari yaqinida mashg‘ulotlarni boshladi

Nordic Response 2024 harbiy mashg‘uloti 4 martdan 15 martgacha Finlyandiya, Norvegiya va Shvesiyaning shimoliy hududlarida bo‘lib o‘tadi bo‘lib o‘tadi.

2 105 nafar xotin-qizlar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot yo‘nalishida bakalavr diplomini olgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishini 40 215 nafar xotin-qiz talaba bitirgan.

Bosh prokuratura: har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko‘chat kompensasiya

Hozirda qayd etilgan daryolar o‘zanlarida qonun buzilishlarni oldini olish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari amalga oshirilib, onlayn nazorat joriy qilinmoqda.