Yangiliklar

«Sergey Kotov» – Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Ukraina bilan urush boshidan buyon yo‘qotgan 15-kema bo‘ldi

Ikki oydan ortiqroq vaqt ichida Ukraina qurolli kuchlari ikkita yirik desant kemani cho‘ktirib yubordi.

Tojikistonda bolalarda sil kasalligini aniqlashning yangi usuli joriy etilmoqda

Tojikistonning bir qator shahar va viloyatlaridagi aholini sil kasalligidan himoya qilish markazlari mutaxassislari najas yordamida oddiy bir bosqichli usulda bolalarda sil kasalligini aniqlash bo‘yicha o‘qitildi.

AQSh Oliy sudi Trampni byulletenda qoldirdi

Ayrim shtatlar endi Donald Trampga saylovlarda qatnashishni taqiqlay olmaydi. AQSh Oliy sudi super seshanba arafasida qaror chiqardi.

Kamala Harris G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

AQSh vise-prezidenti Kamala Harris o‘t ochishni to‘xtatish kamida olti hafta davom etishi kerakligini aytdi va Isroilni G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini ko‘paytirishga chaqirdi.

Toshkent viloyatida jami 3 949 ta yerga oid huquqbuzarlik holatlari aniqlangan

Eng ko‘p holat Yangiyo‘l tumanida qayd etilgan.

OPEK+ tomonidan neft qazib olishni qisqartirish ikkinchi chorakkacha uzaytirildi

Yakshanba kuni OPEK+ tarkibidagi bir necha davlat “bozor barqarorligi va muvozanatini” qo‘llab-quvvatlash uchun neft qazib olish qisqartirilishi muddati ikkinchi chorakkacha uzaytirilishini e’lon qildi.

Xalqaro islom savdo-moliya korporasiyasi O‘zbekistonga 100 million dollar ajratadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporasiyasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 100 million dollar miqdoridagi "Murabaha" moliyalashtirish bitimi va agentlik kelishuvi imzolandi.

Xiva – Islom olamining bu yilgi sayyohlik shahri

Islom hamkorlik tashkiloti vakili Ahmad Kavesa Sengendo bu bo‘yicha shahar hokimi Timur Davletovga sertifikat topshirdi.

Suhbat ma’lumotlar sizdirilishi mojarosidan avval rejalashtirilgan edi — Germaniya elchisi Rossiya TIVga tashrifi haqida

Germaniyaning Moskvadagi elchisi Aleksandr Lambsdorff Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan nemis yuqori martabali harbiy zobitlari o‘rtasidagi suhbatnining tarqatilishi bilan bog‘liq ziddiyat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgani haqidagi xabarlarini rad etdi.

Navalniyning o‘limi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazish so‘ralmoqda

40 dan ortiq davlat Aleksey Navalniyning o‘limi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Bugun Mirziyoyev Toshkent shahrida sport ta’limi va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi zamonaviy ob’ektlarga tashrif buyuradi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida sport ta’limi va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi zamonaviy ob’ektlarga tashrif buyuradi.

100 ta uy xo‘jaligiga nechta televizor to‘g‘ri keladi?

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023 yilda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 176 tani tashkil etgan.