Yangiliklar
Chempionlar ligasida bu marrani birinchi bo‘lib «Bavariya» zabt etdi
«Bavariya» Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi javob o‘yini doirasida «Lasio» ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
«Valensiya» - «Real» uchrashuvi hakami xatosini tan oldi. U vaqtincha chetlatildi
La liga 27-tur bahsiga qo‘shib berilgan daqiqalar so‘nggisida bosh hakam Madrid klubi hujumi paytida gol kiritilishidan 2 soniya avval hushtagini chaldi va Bellinghemning goli inobatga olinmay, bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Siyyarto NATO va Rossiya o‘rtasidagi to‘qnashuvning oldini olish uchun hamma narsani qilishga chaqirdi
Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘qnashuvning oldini olish uchun hamma narsani qilish kerak, dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlashdagi dolzarb masalalar
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlashga oid masalani o‘rganib chiqdi.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib davlatga 230,2 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
AQSh Vakillar palatasi TikTok'ni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi
Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Angren shahridagi maktablarda «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilmoqda
Joriy yilning fevral oyida Toshkent viloyati hokimining umumta’lim maktab direktorlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ta’lim muassasalarida «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etish, telefondan foydalanmaslik taklifi ilgari surilgan edi.
Vengriya Ukrainaga NATO kuchlarini yuborishga qarshi chiqdi
NATO qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish alyansning mojaroga aralashmaslik haqidagi qarorini buzadi; Budapesht bunga qarshi, dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto.
Koreys tiliga o‘qitish borasida 16 davlat orasidan hamkorlik uchun faqat O‘zbekiston tanlandi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining bir guruh mutaxassislari Seul shahrida Qirol Sejong institut fondi raisi Li Xe Yong va boshqa rasmiy vakillar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Berlinda joylashgan Tesla zavodi elektr tarmog‘idagi yong‘in tufayli evakuasiya qilindi
Gryunxaydadagi (Berlin chekkasidagi hudud) Tesla zavodi elektr ta’minotidan birida chiqqan yong‘in tufayli elektr ta’minotisiz qoldi va evakuasiya qilindi, deb yozadi Berliner Zeitung. Hodisa, shuningdek, bir qancha qo‘shni mahallalarda va Berlinning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lgan.
Bolgariya bosh vaziri Nikolay Denkov iste’foga chiqdi
"Bu siyosiy o‘yin emas, balki va’daga sodiq qolish, davomiylik, siyosiy adolat va fuqarolarga hurmat ifodasidir", — deya Denkov o‘z iste’fosiga izoh berdi.
Jasur Jabborov «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi direktori etib saylandi
Jasur Jabborov «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi direktori etib saylandi.