Yangiliklar

Markaziy bank mikromoliya banklari faoliyatiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev yaqin orada yangi turdagi kredit tashkilotlari — mikromoliya banklari paydo bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda u 6 mart kuni «Fitch» reyting agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qayd etdi.

Toshkentda 100 yoshli onaxonga xorijga chiqish pasporti berildi

Toshkent shahar Yangihayot tumanida yashovchi, 100 yoshni qarshilagan Santalat aya Sotimovaning holidan xabar olinganida, onaxon muqaddas Haj va Umra ziyoratini amalga oshirish istagida yurganligini, lekin unda xorijga chiqish pasporti yo‘qligini aytdi.

Qozog‘istonda endi davlat xizmatchilari qamoqxonalarga ekskursiya uchun olib boriladi

Antikor rasmiy vakili Arman Tleukenov mazkur amaliyotni korrupsiyaning oldini olishning yangi usuli deb izohlagan. Uning fikricha, bu xodimlarda to‘g‘ri qadriyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish ongini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga, 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilingan.

Xalq tabobati borasida Hindiston bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Kuni kecha Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida “Arogya-2024” III Xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Eronda erkaklar o‘rtasidagi futbol uchrashuvida ilk bor ayol hakam ishlaydi

Mahsa G‘orbani Eronning xalqaro toifadagi birinchi ayol hakami hisoblanadi, bungacha u faqat ayollar o‘rtasidagi uchrashuvlarda haqamlik qilgan.

Amazonkadan dunyodagi eng katta anakonda topildi

NBC News ta’kidlaganidek, ilmiy sayohat hujjatli serialni suratga olish doirasida bo‘lib o‘tdi va guruh ilonlardan birini videoga olishga muvaffaq bo‘ldi. U suvda topilgan, shuning tasvirga olish suv ostida bo‘lib o‘tdi. Erkak kishi ilon tomonga suzib bordi va uning qanchalik ulkan ekanligini aniq ko‘rsatdi.

Sun’iy intellekt odamlar guruhidagi xavfli moddalarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi

Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti mutaxassislari videokuzatuv tizimlariga odamlar guruhidagi xavfli ob’ektlarni aniqlash imkonini beruvchi neyron tarmoq orqali tasvirni aniqlash aniqligini 25 foizga oshirdi, deya xabar beradi TASS.

Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi

O‘zbekistonda 7−8 mart kunlari havo harorati ko‘tarilishda davom etadi. Dam olish kunlari esa havo o‘zgarib turadi, ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Maktabga kirmoqchi bo‘lgan soxta Milliy gvardiya xodimi ushlandi

Soxta xodim qalbaki guvohnomani topshirmasdan Milliy gvardiya xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.