Yangiliklar

Putin Sochida MAGATE prezidenti Rafael Grossi bilan uchrashdi

Putin, uchrashuvning matbuotga ochiq qismida, Rossiya yadroviy inshootlar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rganini aytdi.

Eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun 54 ta tumanda o‘quv-tajriba maydonlari tashkil etiladi

“Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-115-son, 05.03.2024 y.) qabul qilindi.

O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Yaponiya iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjud.

Qozog‘istonda uchuvchi ayollar soni oshmoqda

Fuqaro aviasiyasi akademiyasida abituriyent ayollar ulushi 2021 yildagi 19 foizdan 2023 yilda 25 foizgacha oshdi.

UNICEF: G‘azo bolalari dunyo ko‘z o‘ngida nobud bo‘lmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi – UNICEF “biz qo‘rqqan bolalar o‘limi” haqiqatga aylangani, G‘azo sektorida to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida o‘nlab bola nobud bo‘layotganini ta’kidladi.

Tesla AQShdagi eng katta kapitallashuvga ega 10 ta kompaniya safidan chiqib ketdi

Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining kapitallashuvi chorshanba kuni 2,3 foizga kamayib, 553 milliard dollarni tashkil etdi.

Gaitidagi qaroqchilar qo‘zg‘oloni: mamlakatning asosiy porti yopildi

Payshanba kuni qaroqchilar hujumi mamlakatning asosiy portini yopib qo‘ygani sababli, Gaiti qonli tartibsizlikka tushishda davom etmoqda.

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi

Bundan oldin u TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyoga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Bu haqda u 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan parlament debatida to‘xtalib o‘tdi.

Nodirbek Abdusattorov "Prague International Chess Festival-2024" xalqaro turniri g‘olibi

Hamyurtimiz o‘z g‘alabasini Chexiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan nishonlash maqsadida Praga shahridagi "Turkiston" vatandoshlar jamiyatiga tashrif buyurdi.

Poytaxtimiz Osiyo ot sporti federasiyasining Bosh assambleyasiga mezbonlik qildi

Toshkent shahrida Osiyo ot sporti federasiyasining (AEF) Bosh assambleyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi Bahromjon Gaziyev, Osiyo ot sporti federasiyasi raisi shayx Hamad ibn Ali Al Attiya hamda “AEF”ning Ijroqo‘m a’zolari ishtirok etdi.

10 mart sanasidan O‘zbekiston masjidlarida tavoreh namozlari boshlanadi

Hududlarda quyida vaqtlarda tavoreh namozi o‘qiladi...