Xitoy
Qimor o‘ynayotgan ona unga xalal bergan o‘g‘lini vahshiylarcha jazoladi
Xitoyda bitta ona qimor o‘ynayotgan mahal uni bezovta qilavergan kichkina o‘g‘ilchasini vahshiylarcha jazolagan.
Xitoy: AQSh tarixdagi eng yirik savdo urushini boshlab yubordi
Pekin Vashingtonning xitoy mollariga boj kiritish qarorini tanqid ostiga oldi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xitoylik milliarder selfiga tushish vaqtida halok bo‘ldi
Xitoylik milliarder Van Szyan Fransiyaga xizmat safari vaqtida selfi olishga urinish vaqtida halok bo‘ldi
Qip-qizil qon tusidagi daryo xitoyliklarni qo‘rqitib yubordi
Xitoyliklar Syanbi daryosining birdaniga qip-qizil qon tusiga kirganidan shikoyat qilishdi. Ushbu holat tasvirlangan lavhani Chengdu Business Daily nashri e’lon qildi.
Xitoyliklarning navbatdagi ixtirosi: lazerli «Kalashnikov avtomati»
Xitoy kompaniyasi polisiyani mutlaqo yangi turdagi qurol bilan ta’minlamoqchi. Bu, yengil vintovka bo‘lib, lazer nurini otadi va dushmanning kiyimi yoki terisini 800 metrlik masofagacha kuydira oladi. Lazer nuri ovoz chiqarmaydi, ko‘rinmaydi, qolaversa, u deraza oynasidan ham o‘ta oladi.
Xitoyda jala oqibatida 7 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Xitoyning Sichuan provinsiyasida kuchli yomg‘ir keltirib chiqargan suv toshqinlari 7 kishining umriga zomin bo‘ldi, 18 ming dan ziyod aholi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.
Xitoyda Trampni haqoratlash taqiqlandi
Xitoyda OAVga AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan keskin fikrlar bildirish cheklandi. Shuningdek, Tramp hamda Oq uy ma’muriyati vakillarining savdo urushi yuzasidan aytgan izoh va fikrlarini XXR hukumatining rasmiy bayonotidan oldin e’lon qilish taqiqlandi.
Urumchi bozorlarida ilk bor o‘zbek giloslari paydo bo‘ldi
O‘zbekistonda yetishtirilgan gilosning birinchi partiyasi Xitoyning Sinszyan o‘lkasi bozorlarida ham paydo bo‘ldi. Bu haqda Fresh Plaza manbasi Urumchi bojxona xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.
Avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi 18 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Xitoyning Xunan provinsiyasida yuz bergan avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi natijasida 18 kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari 14 kishi jiddiy jarohat olgan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Xitoyda erkak maktab o‘quvchilariga pichoq bilan hujum qildi
Xitoyning Shanxay shahrida pichoq bilan qurollangan erkak o‘rta maktablardan birining o‘quvchilariga hujum qildi, oqibatda ikki nafar bola halok bo‘lgan. Voqea 28 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 11:30 da yuz bergan, deb yozmoqda «Korrespondent.net».
Xitoyda mehmonxona 10 soniyada to‘liq buzib tashlandi (video)
Xitoyning Guandun provinsiyasi Chjunshan shahrida 15 qavatli Zhongshan Yuyan mehmonxonasi 10 soniya ichida poydevorigacha buzib tashlandi. Binoning vayron qilinishi jarayoni aks etgan bir nechta videoroliklarni Xitoyning Sohu portali e’lon qildi.
Sevgan qizining qo‘lini so‘ramoqchi bo‘lgan xitoylik yigit mehmonxonani yoqib yubordi
Xitoyda yashovchi fuqaro mehmonxonada sevgan qizining qo‘lini so‘ramoqchi bo‘ldi va unga atab romantik kecha tashkillashtirdi, deb xabar beradi «Nur.kz».