Ukraina

Ukraina Haagadagi BMT sudiga Rossiyaga qarshi ayblovlarni topshirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning feysbukdagi o‘z sahifasida xabar berishicha, Haagadagi Xalqaro sudga memorandum topshirilgan. Unda Rossiya tomoni Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiya va Irqiy kamsitishni tugatish to‘g‘risidagi konvensiyani buzayotgani aytiladi.

Ukrainada oliy aksilkorrupsion sud tashkil etiladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko talabalar bilan uchrashuv davomida mamlakatda oliy aksilkorrupsion sud tashkil etilishi haqidagi qonunni imzoladi.

Poroshenko YEI va NATO haqidagi o‘z orzularini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma’lum qilishicha, mamlakat 2030 yilga qadar Yevroittifoq va NATO a’zosi bo‘lishini xohlaydi.

Poroshenko Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda, dedi "kun.uz".

Poroshenko Yelizaveta IIni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezident Pyotr Poroshenko Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi Qirolichasi Yelizaveta IIni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Poroshenko «Shimoliy oqim - 2» haqida: u amalga oshirilmaydi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma’lum qilishicha, «Shimoliy oqim - 2» loyihasi mamlakat iqtisodiyotiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, sababi u hech qachon amalga oshirilmaydi. Ukraina yetakchisining so‘zlari «Gordon» nashri tomonidan keltirilgan.

Rossiya Qrimni Ukrainaga qaytaradimi? Putin javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hech qanaqa shart-sharoitda ham Qrimni Ukrainaga qaytarmasligini aytdi, deb yozadi «Daryo».

Ukrainalik ayol katta pulga ega chiqish niyatida 17 yoshli qizini Polshadagi qo‘shmachilarga sotdi…

Bu ayol lvovlik bo‘lib, ismi-sharifi xavfsizlik maqsadlarini ko‘zlagan holda sir tutilmoqda.

Poroshenko "Bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan rafiqasining ajoyib suratini e’lon qildi

Prezident Pyotr Poroshenko "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan ukrainaliklarni tabrikladi hamda mamlakatdagi barcha bolalar yevropacha Ukrainada tinch, baxtli yashashiga ishonchi komil ekanini ta’kidladi. 

Pyotr Poroshenkoning korteji o‘spirinni urib ketdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning kortejiga tegishli avtomobil Kiyevda velosipedda kelayotgan o‘spirinni urib ketgan, deya xabar beradi “Ukrainskaya pravda” mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarning manbalariga tayanib.

Poroshenko o‘limi uyushtirilgan rossiyalik jurnalist Babchenkoni kecha-kunduz qo‘riqlashni buyurdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan o‘limi uyushtirilgan rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenkoni kecha-kunduz qo‘riqlashni buyurdi, deb yozadi Meduza.

Kiyevda o‘ldirilgani aytilgan rossiyalik jurnalist Babchenko aslida tirik bo‘lib chiqdi

Rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko uni o‘ldirishga “buyurtma” berilgani haqida bir oy avval bilgani va unga maxsus operasiyada ishtirok etish taklif qilinganini aytdi.