Toshkent
Bozorlarda deputatning tanqidiga nima sabab bo‘ldi?
Qonunchilik palatasi deputati Jamshid Pirmatov “Yunusobod dehqon bozori” hamda “Oloy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidan qoniqmadi.
TATU yangi o‘quv yilidan boshlab kredit ta’lim tizimiga o‘tadi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab ta’lim kredit tizimini joriy etadi.
Aktyor Matyoqub Matchonov yangi uyushma raisi etib tayinlandi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, "Do‘stlik" ordeni sohibi Matyoqub Matchonov O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkino”ning feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.
Qalbaki 50 ming so‘mlikni yasagan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatining Parkent tumani IIBga 2018 yil 23 martdagi kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil mart oyi mobaynida Parkent tumani MIB xodimlari tomonidan tumanda yashovchi fuqarolardan kommunal to‘lovlarni yig‘ish vaqtida qabul qilingan pullar orasida bir dona 50 000 so‘mlik kupyura haqiqiyligiga shubha uyg‘otganligi sababli tekshirilganida, qalbaki ekanligi aniqlangan.
Sergeli tumanida chaqaloqlar va bolalar o‘limi ko‘paygan. Nega?
Sergeli tumanida bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar o‘limining barchasi tug‘ruqxonada sodir bo‘lgan.
Toshkentda jirkanch o‘g‘irlik fosh etildi
Toshkentda o‘g‘il o‘z onasining pulini o‘g‘irladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
104 mln so‘mni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi
Toshkent shahrida o‘zganing pulini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoyguni qabul qildi.
Toshkentda kvartiralar narxi 2 foizga qimmatlashdi
Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari aprel oyida bir oy avvalgiga nisbatan 2 foizga oshib, kvadrat metri uchun 592 dan 605 sh. b. ga qimmatlashdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.
Paxta ekilgan maydonni buzgan fermer qo‘lga olindi
Quyichirchiq tumanida faoliyat yurituvchi “Umarxon Yusuf agro lyuks” fermer xo‘jaligi rahbari X.Saydullayev paxta xom-ashyosi yetishtirish rejalashtirilib, chigit ekilgan 6,5 gektar yer maydonini boshqa ekinlar ekish maqsadida o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagani fosh bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Sergelida ayol qotillik qurboniga aylandi
Sergelida ayol qotillik qurboniga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Rossiya Federasiyasi Mudofaa vaziri Afg‘onistondagi vaziyatni oshkor etdi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Toshkent shahrida Rossiya Federasiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashdi.