Toshkent
Toshkentda uy yondi: qurbonlar bormi?
Toshkent shahar FVV boshqarmasining xabar berishicha 2020 yilning 23 aprel kuni soat 22:35 da Yashnobod tumani, “Alimkent” MFY, Aviasozlar 1-tor ko‘chasi 8-uy xonadonlaridan birida yong‘in kelib chiqqan.
8-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan ayol vafot etdi
Shu yilning 19 aprel kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda yotqizilgan va sun’iy nafas olish apparatiga ham olingan. Tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Toshkentga Uxandagi bemorlarga yordam bergan moslamalar olib kelindi
23 aprel kuni Innovasion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi Toshkent aeroportida KTEA o‘pka kasalliklarini davolash uchun elektron apparatlardan iborat 4 ta jamlanmani kutib oldi. Bu apparatlar Uxan shahrida COVID-19 ning og‘ir ko‘rinishlarini davolashda yuqori samara bergan edi. Bu haqda Milliy palata Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Toshkentda egizaklar koronavirusdan butunlay sog‘aydi
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan xavotirli vaziyatda odamlarni quvontiradigan, bemorlarga ishonch baxsh etadigan xayrli xabarlar kundan-kunga ko‘payib, koronavirus infeksiyasidan sog‘ayib chiqayotganlar safi kengayib bormoqda. Shifokorlarimiz tomonidan xalqaro standartlar asosida sifatli davolash choralarining ko‘rilayotgani ushbu muvaffaqiyatlarning asosiy omili bo‘lmoqda.
Yana 10 nafar: Toshkentda 14 yoshli bemor koronavirusni yengdi
Bor tajriba va mahoratlarini ishga solishayotgan shifokorlarimiz fidoyiligi bemorlarimizning ketma-ket sog‘ayib chiqishlarini ta’minlamoqda.
Toshkentda nega ko‘cha chiroqlarini o‘chirishmoqda?
Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Farhod Mahmudxo‘jayev ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Toshkentda yana 8 nafar bemor koronavirusni yengdi
Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolash jarayonida minglab tibbiyot xodimlarining matonati va fidoyiligiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Bunda mamlakatimizning barcha hududlaridagi shifokorlar astoydil mehnat qilishmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar samarasi esa kundan kunga yorqinroq namoyon bo‘lmoqda.
Toshkent yaqinida ikkita 10 ming o‘rinli virusologiya shifoxonasi quriladi (VIDEO)
Toshkent shahri Zangiota tumanida ikkita 10 ming o‘rinli virusologiya shifoxonasi qurilmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Fojia! Qibrayda erkak kasalxonada jon berdi
Hozirgi kunda Chirchiq shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Moskvadan Toshkentga 155 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
"Uralskiye avialinii" aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga 155 nafar fuqaroni yetkazdi, deb xabar bermoqda Rossiya Federasiyasi Transport vazirligi.
Koronavirus: Toshkentda qancha bemorning ahvoli o‘ta og‘ir?
23 aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1716 nafar holida saqlanib qoldi. Bu haqda Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Toshkentda PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi
3-son Shahar bolalar klinik shifoxonasigacha (oldingi «Ona va bola» markazi) oz masofa qolganda ayolning dardi tutadi.