AKSh

Bayden Ukraina va Isroil uchun Kongressdan qancha pul so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Ushbu yordam paketlari mamlakatlarni harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.

AQSh Davlat departamenti xorijdagi fuqarolarini ogohlantirdi

AQSh Davlat departamenti veb-saytida xorijdagi fuqarolari terroristik hujumlar, namoyishlar yoki AQSh fuqarolari va manfaatlariga qarshi zo‘ravonlik harakatlari ehtimoli haqida ogohlantirildi.

Bayden Amerika xalqiga Ukraina va Isroilni qo‘llab-quvvatlash haqida murojaat qildi

Baydenning murojaati e’lon qilindi.

Pentagon: Xitoy yadro arsenalini oshirmoqda

Xitoyning yadroviy arsenalida 500 dan ortiq operativ joylashtirilgan jangovar kallaklar mavjud va 2030 yilga kelib ularning soni 1000 dan oshishi mumkin.

Putin Ukrainaga ATACMS yetkazib berilishini AQSh xatosi deb atadi

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga ATACMS yetkazib berilishi frontdagi vaziyatni tubdan o‘zgartirmaydi.

Bayden HAMASni butunlay yo‘q qilish zarur deb hisoblaydi

HAMAS butunlay yo‘q qilinishi kerak, dedi Amerika yetakchisi Jo Bayden CBC telekanaliga bergan intervyusida.

Pentagon rahbari O‘rtayer dengizi sharqiy qismiga zarba beruvchi kuchlar yuborilganini tasdiqladi

Pentagon rahbari Lloyd Ostin O‘rtayer dengizining sharqiy qismiga Dwight D. Eisenhower aviatashuvchisi bilan zarba beruvchi guruh jo‘natilganini tasdiqladi.

Jurnalist: AQSh charchaydi

Amerikalik jurnalist Stiven Gardner o‘zining YouTube kanalida Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Isroil bilan bog‘liq vaziyat tufayli ikki jabhada charchagan urushdan qo‘rqishini aytdi.

AQSh Janubiy Kavkazdagi o‘z maqsadini aytdi

AQShning Janubiy Kavkazdagi maqsadi Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish, dedi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller matbuot anjumanida.

Bloomberg: AQSh va Venesuyela sanksiyalar rejimini yumshatish bo‘yicha kelishuvga yaqin

Qo‘shma Shtatlar va Venesuyela Vashington Lotin Amerikasi davlatiga qarshi sanksiyalar rejimini yumshatishga tayyor bo‘lgan kelishuvni tuzishga yaqin turibdi. Buning evaziga AQSh Venesuyela prezidenti lavozimiga muxolifat nomzodlarini ko‘rsatishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda.

Amerikaning Jerald R. Ford samolyot tashuvchi kemasi sharqiy O‘rtayer dengiziga yetib keldi

AQShning Jerald R. Ford samolyot tashuvchi kemasi va uning zarba beruvchi guruhi seshanba kuni Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi fonida O‘rtayer dengizi sharqiy qismiga yetib keldi.

American Airlines aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi

American Airlines aviakompaniyasi Falastin-Isroil mojarosi avj olgani munosabati bilan Tel-Avivga 4 dekabrgacha parvozlarni to‘xtatdi.