Kir Starmer
Tramp Rossiyani yaxshi ko‘rishini tan oldi
AQSh prezidenti Donald Tramp Greyt-Fols shahridagi chiqishi vaqtida Rossiyani yaxshi ko‘rishini va u bilan, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlari bilan ham kelishib olishni ko‘zlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Ona farzandlarini qutqarish uchun qotillikka qo‘l urdi
“NBC News”ning xabar berishicha, Texas shtatida istiqomat qiluvchi ayol ichida bolalari bo‘lgan mashinasini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan jinoyatchini otib tashlagan.
E’tiqod ko‘ylak emas, har kuni almashtirilsa...
Yurtimizda millatlararo tenglik, diniy bag‘rikenglik tamoyillari ustuvorligini har bir jabhada kuzatish mumkin. Lekin o‘z e’tiqodidan osongina voz kechib, boshqalarni ham shunday qilishga targ‘ib etayotgan kimsalarning hanuzgacha uchrab turishi achinarli holat.
Rossiyada soxta aroq sexi ochgan o‘zbekistonliklar ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Rossiyada 6 nafar O‘zbekiston fuqarolari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud jarayoni boshlandi. Omsk viloyat prokuraturasining xabar berishicha, sudlanuvchilar o‘tgan yilning mart oyidan beri soxta spirtli ichimliklarni tayyorlab kelganlar.
Janubiy afrikalik 81 yoshli ayol Londongacha 12 ming km yo‘lni eski mashinada bosib o‘tdi
Janubiy Afrika Respublikasida yashovchi 81 yoshli Juliya Albu qizi bilan ko‘rishish uchun Keyptaundan Londongacha masofani 20 yillik Toyota Corolla mashinasida bosib o‘tdi.
Olimlar dunyodagi eng ifloslangan daryolarni ma’lum qilishdi
Berlindagi Gelmgols nomidagi atrof-muhit va salomatlikni tadqiq qilish markazi olimlari Osiyo va Afrikadagi daryolarda millionlab tonna plastik chiqindilar oqib yurishini ma’lum qilishdi.
G‘am-tashvishdan qutulmoqchimisiz?
Ushbu surat National Geographic saytida e’lon qilingan bo‘lib, unda insonning yonida turgan kitni haqiqiy kattalikda ko‘rishimiz mumkin. Bu rasmdagi kitga, uning og‘zi qanchalik kattaligiga qarang. U yonida turgan insonni osonlik bilan yutib yuborishi mumkin.
350 mln pulni olib qochib yurgan firibgar qidirilmoqda
2017 yilning noyabr oyidan dekabr oyi so‘nggiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan Shoxrux Baymirov tanishlari, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida yashovchi B.K., J.I. va S.K.larga shakar mahsulotini sotish bilan shug‘ulanayotgani evaziga katta daromad ko‘rayotganini aytib, ularga tadbirkorlik qilish uchun pul tikishlarini taklif qilgan va har oyda berilgan pullarining 10 foizi miqdorida daromad puli berib turishini va’da qilgan
Haftasiga besh mingta: Tesla ushbu ko‘rsatkichni yana qancha ushlab tura oladi?
Chamasi, Tesla kompaniyasi Model 3 elektromobili ishlab chiqarishini haftasiga 5000 donaga yetkazib, maqsadiga erishgan ko‘rinadi. O‘tgan yakshanba kuni Twitter’da kompaniya ishchilari tomonidan «Model 3 5K Club» deb post qo‘yilgan surat paydo bo‘ldi.
Jazirama tufayli uch kishi halok bo‘ldi
Kunchiqar mamlakatda joriy yilning 25 iyunidan 2 iyuliga qadar oftob urishi tufayli 3,4 mingdan ziyod kishi shifoxonaga yotqizilgan, hayotdan ko‘z yumganlar esa uch nafarni tashkil qilmoqda.
3 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha 3 iyul kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-24, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi.
Uysizlar reabilitasiya markazi murojaatlar tufayli yordam qabul qilishni boshladi
Jurnalistlar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun reabilitasiya markaziga tashrif buyurganligi haqidagi xabardan so‘ng Markazdagi odamlarga qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi ko‘plab murojaatlarni qabul qildik, deb yozadi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot markazi.