Iskandar Zulqarnayn bu Aleksandr Makedonskiy emas! Chunki...

Iskandar Zulqarnayn bu Aleksandr Makedonskiy emas! Chunki...

Ba’zi kishilar Aleksandr Makedonskiy bilan Iskandar Zulqarnaynni ikkalasi bitta shaxs deyishsa,ayrim kishilar esa Iskandar Zulqarnaynni Aleksandr Makedonskiyga hech qanday aloqasi yo‘q deyishadi.

 Avval Aleksandr Makodonskiy haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u tarixiy shaxsdir. Tarix sahifalaridan ma’lumki,miloddan avvalgi 360 yilda Makedoniyada Filip (II)taxtga o‘tiradi. Miloddan  avvalgi 336 yilda Filip (II) o‘ldiriladi va uning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr otasining taxtini egallaydi. Aleksandr Makedonskiy   Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Finikiya, Misr yerlarini qo‘lga kiritadi. Aleksandr Makedonskiy  Afg‘onistonning janubiy tomonlarini egallab,Hindiqush tog‘lari orqali O‘rta Osiyoga ham kirib keladi. O‘rta Osiyodagi  Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyonani egallaydi. Miloddan avvalgi 324-327 yillarda u Hindistonni zabt qiladi. Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 323 yilda vafot etadi.

  Iskandar Zulqarnayn  haqida esa  “Qur’oni Karim”ning  “Qahf” surasi 83-98-oyatlarida shunday deyiladi: “ ( Ey Muhammad) Sizdan Zulqarnayn haqida so‘raydilar. Ayting: “ Men sizlarga u haqdagi xabarni hozir o‘qib berurman”. Darhaqiqat, Biz un (Zulqarnayn) ga bu yer yuzida martaba berdik va ( istagan) barcha narsasiga yo‘l (imkoniyat) ato etdik. Bas, u (avval G‘arbga qarab) yo‘l oldi. ( Ketayotib) Quyosh botadigan joyga yetgach, uning (quyoshning) bir loyqa ( yoki qaynoq) buloq(orti)ga botayotganini ko‘rdi va (buloq) oldida bir qavmni uchratdi. Biz:“Ey Zulqarnayn! Yo (ularni) azobga duchor qilursan yoki ularga yaxshi muomilada bo‘lursan”, -dedik. U aytdi:“ Zulm qilgan kimsani, albatta, azoblagaymiz. So‘ngra Parvardigoriga qaytarilgach, U zot uni yanada xunuk azob bilan azoblagay. Endi iymon keltirib ezgu ish qilgan kishiga kelsak, uning uchun go‘zal mukofot ( jannat) bo‘lur. Biz ham unga ishimizdan osonlarini buyururmiz”. So‘ngra, u (sharqqa qarab) yo‘l oldi. (Ketayotib) quyosh chiqadigan joyga yetib borgach, uning(quyoshning) bir qavm uzra chiqayotganini ko‘rdi. Biz ular uchun undan (quyoshdan to‘suvchi)  biron parda qilmagan edik. (Uning ishi)  shunaqa. Albatta, Biz  uning huzuridagi ilmlarni ihota qilib olganmiz. So‘ngra, u yana yo‘l oldi. (Ketayotib) ikki tog‘ o‘rtasiga yetib kelgach, u (tog‘lar ortida) biron gapni sira  anglay olmaydigan qavmni uchratdi. Ular: “Ey Zulqarnayn! Albatta, (shu tog‘lar ortidagi) Ya’juj va Ma’juj (qabilalari)Er yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) haq to‘lasak, biz bilan ularningo‘rtasiga bir to‘g‘on qurib berurmisan?” -dedilar.   (Zulqarnayn) aytdi: “ Rabbim menga ato etgan narsalari  sizlar beradigan narsadan yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga kuch-quvvat bilan yordam beringiz, toki men sizlar bilan  ularning ( Ya’juj va ma’jujning) o‘rtangizga bir to‘siq (to‘g‘on)  bino qilay. Sizlar menga temir parchalarini keltiringiz, to (parchalari) ikkala tog‘ yonbag‘irlari  bilan barobar bo‘lgach, (olovga) dam uringiz!”-dedi.  Bas, qachon u ( temir-tersaklarni) olovga aylantirgach (eritgach) , dedi: “ Menga eritilgan mis ham keltiringiz, toki uning( temir parchalarining) ustidan quyay! Ana, endi ular (Ya’juj va ma’jujlar) uning ( to‘siqning) ustiga chiqishga ham, uni teshib o‘tishga ham qodir bo‘lmay qolishdi. “Bu Rabbim (tomoni)dan bo‘lmish bir marhamatdir. Endi, qachonki, Rabbimning (Ya’juj va Ma’juj chiqadi, deb) va’da qilgan vaqt kelganida       ( Qiyomat oldidan), O‘zi u(to‘siq)ni tep-tekis qilib qo‘yar. Rabbimning va’dasi haqdir”, -dedi u [1]”.

    Bu oyatlarning tafsiri haqida Shayx Usmonxon Alimov muftiy hazratlari o‘zlarining “ Tafsiri Irfon” kitoblarida: “Alloh taolo Zulqarnaynga yer yuzida saltanat, mol-dunyo, qo‘shinlar va boshqa katta imkoniyatlarni bergan edi. U mag‘rib(kun botar tomon) va mashriq ( kun chiqar tomon) orasida kezgani uchun unga Zulqarnayn ( ikki shoxli) deb laqab berilgan. Shuningdek, Alloh taolo unga hukm yuritish, imorat qurish va obodonchilik, davlatni mustahkam tutish kabi ishlarning sababini ham o‘rgatgan edi[2]”deb yozadilar.  

   Qur’oni Karimda berilgan Iskandar  Zulqarnayn bilan makedoniyalik Aleksandr Makedonskiy o‘rtasida bir qancha farqlar bor.Shu farqlardan ayrimlarini keltiramiz.

     “ Qur’oni Karim”da qissasi berilgan Iskandar Zulqarnayn Allohning yagonaligiga iymon keltirgan, solih inson bo‘lgan. Aleksanr Makedonskiy haqida esa bu narsalar tarixiy manbalarda bayon qilinmagan. Bu haqda “Tafsiri Irfon”da shunday deyiladi: “ Makka mushriklarining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘ragan narsalari ichida g‘or egalari va ruhdan tashqari Zulqarnayn ham bor edi.Zulqarnaynning shaxsi, uning qayerda va qachon yashagani, borgan joylari, qilgan ishlari haqida juda ko‘p gaplar, faraz-taxminlar bor. Ulardan ayrimlari tafsir kitoblarimizda ham keltirilgan. Ammo bularni hech kim aynan Qur’onda zikr etilgan Zulqarnayn haqida, deb uzil-kesil aytolmaydi. Masalan, ba’zilar“ Qissadagi Zulqarnayn Makedoniyali Iskandar”, deyishgan.  Bu gap xatodir, chunki makedoniyali Iskandar Allohning yagonaligiga ishongan mo‘min bo‘lgan emas, Qur’ondagi Zulqarnayn esa mo‘min odamdir[3]”. Va yana Shayx Abdulaziz Mansur  “ Qur’oni Karimning tarjima va ma’nolari” kitoblarida: “ Qur’onda zikr etilgan Zulqarnaynning ismi Iskandar bo‘lib, Sulaymon (a.s.) kabi dunyoni egallagan hukmdorlardandir. O‘tmishda kofirlardan ham ikki podshoh - Namrud va Buxtunassir dunyoga hukmdor bo‘lishga urunib ko‘rgan, deyiladi. Zulqarnaynning payg‘ambar yoki valiy yoxud podshoh ekanida ixtilof bor. Ali (rz.): “ U solih banda bo‘lgan va Alloh unga yer podshohligini, ilm va hikmatni ato etgan. Alloh yo‘lida boshiga urilgan zarbadan ikki bor o‘lib tirilgani uchun unga “zulqarnayn”, ya’ni “ ikki shoxli” laqabi berilgan”, deganlar[4]” deb yozadilar. 

 Aleksanr Makedonskiy Iso payg‘ambar tug‘ilishlariga yaqin davrlarda yashagan. “ Qur’oni Karim”da qissasi berilgan Iskandar Zulqarnayn esa Ibrohim alayhissalom davrida yashagan. Bu haqda ham “ Tafsiri Irfon”da: “ Ibn Hajar Asqoloniy “ Fathul-Boriy”da shunday yozadi: “ Ulkan tobe’in faqihlardan Ubayd ibn Umar yo‘lidan rivoyat qilinishicha, Zulqarnayn piyoda haj qilgan va uning xabarini eshitgan Ibrohim alayhissalom Zulqarnaynga peshvoz  chiqqanlar”. Abdulloh ibn Abbosdan ( roziyallohu anhumo) rivoyat qilinishicha, “ Zulqarnayn Masjidul-Haromga kirgan, Ibrohim alayhissalom uning qo‘lini olib ko‘rishgan”. Ibn Hishom yozadi: “ Ibrohim alayhissalom bir masalada Zulqarnayndan hukm so‘radi, Zulqarnayn unga hukm chiqarib berdi[5]”. Ibn Hajar aytadi: “ Mazkur rivoyatlar bir-birini tasdiqlab-quvvatlab kelyapti”.  Yana bu haqda Ibn Kasirning “ Tafsirul-Qur’onil-a’ziym” nomli kitoblarida shunday deyiladi:              “ Iskandar Zulqarnaynni rumlik deyuvchilarning dalillari kuchsizdir. Rumlik Iskandar  Filis ( Filip )  o‘g‘li Maqduniy ( makedoniyalik)dir.  Qur’onda  kelgan Zulqarnayn to‘g‘risida Azroqiy  bunday deydilar: “ (Iskandar Zulqarnayn)  Baytullohni Ibrohim (s.a) bilan birga  tavof qilgan,  vaziri Xizr a.s. bo‘lgan.  Iskandar Maqduniyning vaziri esa mashhur faylasuf Aristotoliy (Aritotel)  bo‘lgan. U (Aleksandr Makedonskiy) Iso alayhissalomdan oldin,  miloddan oldingi (336-323)  yillarda hukmronlik qilgan [6]”.  

     Aleksandr Makedonskiy makedoniyalik bo‘lib, Iskandar Zulqarnayn esa rivoyat qilinishicha misrlik bo‘lgan. Bu haqda “ Tafsiri Irfon”da:  “Ibn Ishoq shunday yozadi: “ Menga o‘tganlarning ilmidan olib, ajamlardan rivoyat qiladigan odamlardan birining aytishicha, Zulqarnayn misrlik kishi bo‘lib, ismi Marzubon ibn Marzuba Yunoniydir. U Yunon ibn Yofas ibn Nuhning avlodidan bo‘lgan[7]” deyiladi. 

    Aleksandr Makedonskiy miloddan oldingi 356 yilda tug‘ilib, 33 yoshida o‘z davlatining yangi poytaxti Bobilda vafot etgan bo‘lsa, “ Qur’oni Karim”da qissasi berilgan Iskandar Zulqarnayn  “ Iskandariya” shahrini barpo qilgan. “Tafsiri Irfon”da:  “ Ibn Hishom esa bunday deydi: “ U (Zulqarnayn) ning ismi Iskandardir, Iskandariyani barpo qilgan odam shu. Shuning uchun unga nisbat berilib, “ Iskandariya” deyilgan”                 ( Siyratun-Nabaviya) [8]” deyiladi. 

   Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham Aleksandr Makedonskiy Iskandar Zulqarnayn emasligiga o‘zlarining “ Zikr ahlidan so‘rang” kitoblarida shunday javob beradilar: “ Misol uchun, ba’zilar: “ Qissadagi Zulqarnayndan murod makedoniyalik Iskandar” deyishgan.  Bu gap umuman noto‘g‘ri, chuki u mushrik odam bo‘lgan, butlarga, yulduzlarga sig‘ingan. Makedoniyalik Iskandrning nomi Aleksandr Makedonskiy bo‘lib, taxminan miloddan 330 yil oldin o‘tgan va Arastuning shogirdi bo‘lgan. Dunyoning ko‘p yerlarini ishg‘ol qilgan, Forsda urush olib borgan. Podshoh Doroni yengib uning qiziga uylangan va hokazo.  Imom Shavkoniy ushbu ma’lumotlarga xulosa yasab, Aleksandr Makedonskiy Qur’oni Karimdagi Zulqarnayn degan gapga raddiya beradi: “ Bu juda ham mushkul! Chunki u kofir bo‘lgan. Arastuning shogirdi bo‘lgan, ko‘rinib turibdiki, Zulqarnayn solih banda bo‘lgan.  Alloh unga keng mulkni bergan va bunga Qur’on ishora qilgan”.  Zulqarnayn mag‘rib va mashriqning  chekka joylarigacha borgan, Yajuj va Ma’juj qavmiga yo‘liqib, ularni to‘g‘on bilan to‘sib qo‘ygan.Aleksandr Makedonskiyni mazkur narsalarning birortasiga  muyassar bo‘lgani tarixda ma’lum emas. “Zulqarnaynning Aleksandr  Makedonskiy bilan chalkashtirilishiga asosiy sabab, arablarning Aleksandrni arabchalashtirib Iskandar deb atashganlari bo‘lgan” deyishadi ba’zi mutaxasisilar[9]”.

    Yuqorida bayon qilingan farqlarga asosan biz “ Qur’oni Karim” da qissasi keltirilgan Iskandar Zulqarnayn bilan makedoniyalik Aleksandr Makedonskiy bitta shaxs emas, balki ular alohida-alohida shaxs degan xulosaga kelamiz. 

                                      Ruhiddin AKBAROV,

Qarshi tumani “ Akbar xalifa eshon ibn Muxtor” masjidi imomi.

 

[1] Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. “ Toshkent Islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi. Toshkent. 2018. 302-304-betlar.

 

[2] Shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy. “ Tafsiri Irfon ”. Toshkent. “ Sharq ” nashriyoti. 2019. 3-jild. 158-159-betlar.

[3] Shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy. “ Tafsiri Irfon”. Toshkent. “ Sharq” nashriyoti. 2019. 3-jild. 158-159-betlar.

[4] Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. “ Toshkent Islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi. Toshkent. 2018. 303-bet.

[5] Shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy. “ Tafsiri Irfon”. Toshkent. “ Sharq” nashriyoti. 2019. 3-jild. 158-159-betlar.

[6] Ibn Kasir “ Tafsirul-Qur’onil-a’ziym”. “ Dorul-ma’rifa” Bayrut. 1989. 40-41-betlar.

[7] Shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy. “ Tafsiri Irfon”. Toshkent. “ Sharq” nashriyoti. 2019. 3-jild. 158-159-betlar.

[8] Shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy. “ Tafsiri Irfon”. Toshkent. “ Sharq” nashriyoti. 2019. 3-jild. 158-159-betlar.

[9] Shayx Muhammad Sodiq Muhmmad Yusuf. “ Zikr ahlidan so‘rang ”. “ Hilol-nashr” nashriyoti. 2018. 2-jild. 40-41-betlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Олиб борилган тезкор тадбирлар давомида аниқланишича, транзит тартибида қўшни давлатга чиқиб кетиши лозим бўлган 20 тоннадан зиёд помидор ноқонуний равишда Термиз туманидаги омборлардан бирига тушириб қолдирилган.

Messi va Ronaldu bir klubda o‘ynashi mumkin

Бу ҳақда Goal.com хабар бермоқда.

Rasman! O‘zbekistonda Ramazon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисидаги қарори имзоланди.

Krishtianu Ronaldu musulmon ahliga murojaat yo‘lladi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клубининг португалиялик юлдуз ҳужумчиси Криштиану Роналду мусулмон аҳлини Ҳайит байрами билан табриклади.

Ukrainalik asir: "Ukraina Qurolli kuchlari qariyb uch yildan beri xorijiy snaryadlardan foydalanib kelmoqda"

Александр 2022 йилнинг ёзидан бери Донецк йўналишидаги ҳарбий амалиётларда қатнашган ва Угледар яқинидаги ўрмон плантациясида таслим бўлган.

Xonanda Feruza Karimova salkam 42 million so‘m jarimaga tortildi

Бу ҳақда Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк департаменти маълум қилди.

🔴 BAA sudidan shov-shuvli qaror: o‘zbekistonliklar o‘limga hukm qilindi!

БААда уч нафар ўзбекистонликнинг тақдири ҳал бўлди.

AQSh mudofaa vazirining qo‘lida arabcha yozilgan tatuirovka bormi?

Тахминларга кўра, татуировкалар у лавозимига киришганидан кейин туширилган

1 aprel kuni dollar qanday narxda bo‘lishi ma’lum qilindi

Марказий банк хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 1 апрелда амалда бўладиган қийматини эълон қилди.

Qurbon hayiti kuni qo‘y so‘yishni to‘xtatishga chaqirdi

Бу йил ёғингарчилик 30 йиллик ўртача кўрсаткичдан 53 фоизга кам бўлиб, натижада чорва учун яйлов етишмайди.

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

"Manchester Siti" o‘zining instagramdagi sahifasida O‘FAga keskin murojaat yo‘lladi

Ушбу постнинг комментида англиялик мухлис ЎФАга кескин мурожаат йўллади ва жиддий танқид қилди.

Eronga xavf yaqinmi? AQSh 5 ta B-2 Spirit strategik bombardimonchilari hamda KC-130 havoda yoqilg‘i quyish samolyotlarini olib keldi

Биринчидан Қатар ва бошқалардаги базалар Эрон ракеталари жанговар радиусига киради.

Urush 20 aprelda tugaydimi? Urush tahlili e’lon qilindi

Урушни ўрганиш институти (ISW) таҳлилчиларига кўра, Россия Украинада сўзсиз ўт очишни тўхтатиш учун АҚШ президенти Доналд Трамп томонидан белгиланган “психологик муддат”ни қабул қилиши даргумон.

"Ajdaho va fil raqsi": Si Szinpin Hindistonga murojaat qildi

Хитой Халқ Республикаси (ХХР) раиси Си Цзиньпин Ҳиндистонни янада яқинроқ ҳамкорликка даъват этиб, икки мамлакат ўртасидаги муносабатлар уларнинг рамзий ҳайвонлари - "аждаҳо ва фил рақси"га ўхшаши кераклигини таъкидлади.

Shov-shuv! Xitoy dengiz ostida 100 million tonna neft topdi!

Денгиз тубида катта бойлик! CNOOC тарихий нефть кашфиётини эълон қилди!

Putin Interpol tomonidan qidiruvga berilgan Dodik bilan uchrashdi

Россия президенти Владимир Путин Кремлда Москвага ташриф буюрган Босния ва Герсеговина таркибидаги Серб Республикаси президенти Милорад Додикни қабул қилди.

Xorazmda yoqilg‘i sisternasini tozalayotgan 21 yoshli yigit zaharlanib halok bo‘ldi

Маълум бўлишича, 1999-йилда туғилган, ушбу бензин қуйиш шохобчасида ишчи-оператор бўлиб ишловчи фуқаро И.К. 27 март куни соат 13:30 ларда таниши З.Р.нинг уйига бориб, бензин қуйиш шохобчасидаги 10 тонналик цистернанинг ичини тозалаш кераклигини, эвазига иш якунлангандан сўнг хизмат ҳақини беришини айтган.

Toshkent shahar hokimligining Yuridik boshqarmasi yuristkonsulti 70 ming AQSh dollari pora olayotganida qo‘lga tushdi

Шунингдек, юристконсульт муқаддам ўзининг воситачисидан олган 50 минг АҚШ долларидан 10 минг АҚШ долларини компенсация маблағининг ўтказилиш жараёнини тезлаштириб бериши учун Тошкент шаҳар Иқтисодиёт ва молия бош бошқармасининг бош мутахассисига берганлиги маълум бўлди.

Chernobil hayvonlarida kutilmagan superqobiliyatlar aniqlandi

Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.

Islandiyada vulqon otilishi tufayli mashhur kurortdan odamlar evakuasiya qilindi

Машҳур “Мовий лагуна” курорти хавф остида қолди ва у ердаги жойлардан одамлар шошилинч равишда эвакуация қилинди.

Armiya himoyasiga bekinib olgan qurolli sionist ko‘chmanchilar falastinliklarga tashlandi

Исроил аскарлари фаластинликлар қишлоғига ҳужум қилган кўчманчиларни ҳимоя қилди.

Putin va Zelenskiy Trampni xafa qildi

Трамп учун "ёмон хабар" – Путин ва Зеленский унинг режасини рад этяптими?

Tramp Rossiyaga ishongandi... Endi tinchlikdan umidini uzmoqda. Vashington qanday qadamlar qo‘yadi?

Трамп ва Путин ўртасидаги ишонч синовда! Уруш давом этадими?

Kiyev AQSh bilan muzokaralar uchun asosiy shartni aytdi

Украина ташқи ишлар вазири Андрей Сибига АҚШ билан ноёб ер металлари бўйича келишув Украинанинг Европа Иттифоқига йўлига зид бўлмаслиги кераклигини айтди.

Forbes dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Alisher Usmonovni birinchi marta O‘zbekiston vakili sifatida qayd etdi

Алишер Усмонов аввалги йиллардаги рўйхатларда Россия фуқароси сифатида кўрсатилар эди.

Serbiya va Vengriya harbiy ittifoq tuzishga intilyapti – Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich

Белград ушбу иттифоқ Хорватия, Албания ва Косово ўртасида имзоланган ҳамкорлик шартномасига жавоб бўлишини назарда тутмоқда.

Myanmadagi ikkita kuchli zilzila qurbonlari soni 2700dan oshdi

China Global Television Network (CGTN) нашри хабар беришича, у ҳалок бўлганлар сони 3000 кишидан ошиши мумкинлигини таъкидлади.

Yaponiyada deyarli 300 ming kishi yirik zilzila qurboniga aylanishi mumkin – Reuters

Расмийларнинг тахминларига кўра, Нанкай ер ёриғи ҳудудида йирик зилзила содир бўлган тақдирда 298 минг киши қурбон бўлиши, мамлакатнинг иқтисодий йўқотишлари эса 1,81 триллион долларга етиши мумкин.

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 2700 nafardan oshdi

Мянма раҳбари ҳалок бўлганлар сони 3000 кишидан ошиши мумкинлигини тахмин қилмоқда.

Isroil Bayrutning janubiy chekkasiga zarba berdi

Reuters агентлигининг гувоҳларга таяниб хабар беришича, ҳарбий самолётлар Ливан пойтахти узра пастдан учиб ўтган ва бутун шаҳарда кучли портлашлар эшитилган.

Malayziyadagi gaz quvurida kuchli portlash yuz berdi

Олов устуни тахминан 500 метр баландликка кўтарилди.

Buxorodagi bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishi oqibatida vafot etdi

Айни пайтда ИИБ томонидан боланинг ўлим сабаблари юзасидан тергов суриштирув ишлари олиб борилмоқда, дейилади хабарда.

Butun dunyo qidirayotgan Dodik Moskvada – Kreml devorlari yonida video e’lon qildi!

Босния судидан Москвагача – Додик Россия пойтахтида пайдо бўлди!

Rossiya Ukrainani jang maydonida yengishga qodir emas va boshqa yo‘llarni qidirmoqda

Москва Киевда сиёсий ўзгаришлар умидида – ҳарбий енгишнинг иложи йўқми?

Kreml Trampning Putinga g‘azabi haqida nima dedi?

Москва Трампнинг Путин ҳақидаги баёнотига муносабат билдирди.

Isroil G‘azoda tinchlik kelishuvini buzgandan beri 1000 dan ortiq falastinlikni o‘ldirdi

Ғазода қон тўкилиши тўхтамаяпти...