Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti: Ilmiy an’analar davomiyligi va yangi taraqqiyot bosqichi

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti: Ilmiy an’analar davomiyligi va yangi taraqqiyot bosqichi

Bugungi dunyoda sun’iy intellekt texnologiyalari iqtisodiy taraqqiyot, davlat boshqaruvi samaradorligi, ilm-fan rivoji va aholi turmush sifatini oshirishning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, murakkab jarayonlarni avtomatlashtirish, aniq prognozlar ishlab chiqish va inson faoliyatini intellektual tizimlar yordamida qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari barcha sohalarda yangi yondashuvlarni shakllantirmoqda. O‘zbekistonda ham raqamli transformatsiya jarayonlari izchil davom etib, sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha, ilm-fan va davlat boshqaruviga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda raqamli ma’lumotlardan samarali foydalanish, ularning sifati va ishonchliligini ta’minlash, zamonaviy ilmiy infratuzilmani shakllantirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash strategik ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda ushbu ustuvor vazifalarni amalga oshirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va sohaning ilmiy asoslarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi PQ–4996-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Mazkur institut mamlakatimizda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, ilg‘or ishlanmalarni yaratish, innovasion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish hamda zamonaviy ilmiy kadrlarni tayyorlashga xizmat qiluvchi muhim ilmiy markaz hisoblanadi.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining shakllanish tarixi O‘zbekistonda hisoblash texnikasi, kibernetika, algoritmlash va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari rivojining dastlabki bosqichlari bilan chambarchas bog‘liq. Institut tarixi 1966 yil 26 aprelda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Hisoblash markazli Kibernetika institutidan boshlanadi. Bu davr mamlakatimiz