Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bugun, 22 fevral kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Dolli Hakimovich Allayev viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Dolli Hakimovich shu paytgacha Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!