Zoom xizmatida ham ommaviy ishdan bo‘shatish boshlandi

Zoom xizmatida ham ommaviy ishdan bo‘shatish boshlandi

Amerikaning Zoom videokonferensaloqa xizmati "jahon iqtisodiyotidagi noaniqlik" tufayli 1300 nafar xodimini ishdan bo‘shatadi. Kompaniyaning ommaviy ishdan bo‘shatishga qaror qilgani haqida uning rahbari Erik Yuan rasmiy veb-saytida ma’lum qildi.

Zoom yangi pandemiyadan keyingi muhitda ishlashni davom ettirish uchun xodimlarining 15 foizini ishdan bo‘shatishi kerak, dedi Yuan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim bo‘limlarning tuzilishi ham o‘zgaradi.

Rahbar maoshini 98 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda, shuningdek, korporativ bonusdan voz kechmoqchi. Zoom kompaniyasining eng yaxshi rahbarlari ish haqini 20 foizga qisqartiradilar va 2023 yilda bonuslarsiz qoladilar.

Uchinchi chorakda kompaniyaning operasion xarajatlari 56 foizga oshdi, operasion marja esa 39,1 foizdan 34,6 foizga kamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!