Zominda YTH: ikki kishi vafot etgan, yana 4 nafari shifoxonada

Zominda YTH: ikki kishi vafot etgan, yana 4 nafari shifoxonada

Jizzax. 2020 yilning 10 avgust kuni soat 16:30 da haydovchi 42 yoshli R.A., o‘zining boshqaruvidagi «Lada-Largus» rusumli avtomashinada Hovos tumanidan Dashtobod yo‘nalishiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida, Zomin tumani hududidan o‘tuvchi A-376-avtomobil yo‘lining 239 km.ga kelganida o‘zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan vaqtida, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 42 yoshli R.X.,ning boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» rusumli yuk mashinasining oldi tomoniga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Zominda YTH: ikki kishi vafot etgan yana 4 nafari shifoxonada

Zominda YTH: ikki kishi vafot etgan yana 4 nafari shifoxonada

Natijada, «Lada-Largus» rusumli avtomashina yo‘lovchilari 31 yoshli X.B.(ayol) va 55 yoshli B.B.,(ayol)lar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. «Lada-Largus» avtomashina haydovchisi R.A., yo‘lovchilari 30 yoshli B.B., va uning farzandlari 6 yoshli G.R.(ayol), hamda 4 yoshli R.R.,lar turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!