Zlatan Ibragimovich qancha vaqtga safdan chiqdi?

Zlatan Ibragimovich qancha vaqtga safdan chiqdi?

«Milan» futbol klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich kelayotgan to‘rtta o‘yinda milanliklarga yordam berolmaydi, deya xabar qilmoqda Football Italia.

Shvesiyalik futbolchi A Seriya doirasida 28 fevral kuni «Roma»ga qarshi kechgan bahsda jarohat olib, maydonni tark etgandi. Uning chap oyog‘i boldir mushaklarida muammo borligi ma’lum bo‘ldi.

39 yoshli futbolchi o‘n kundan keyin yana tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. O‘shanda tiklanishga qancha vaqt ketishi aniq bo‘ladi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Zlatan kamida o‘n kun maydonga tushmaydi va «Udineze» (3 mart, A Seriya), «Verona» (7 mart, A Seriya), «Manchester Yunayted» (11 mart, Yevropa Ligasi), «Napoli» (14 mart, A Seriya) jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi.

39 yoshli hujumchi A Seriya 2020/21 yilgi mavsumida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi.

Shuningdek, rimliklarga qarshi o‘yinda jarohat olgan yana bir futbolchi Xoqon Chalxono‘g‘lu «Udineze»ga qarshi bahsni aniq o‘tkazib yuboradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!