Zidanni «PSJ»ga olib kelish masalasi bilan shaxsan Qatar amiri shug‘ullanmoqda

Zidanni «PSJ»ga olib kelish masalasi bilan shaxsan Qatar amiri shug‘ullanmoqda

Qatar amiri Tamim bin Hamad at-Tani «PSJ» bosh murabbiyligida Zinedin Zidanni ko‘rmoqchi.

«RMC Sport»ning yozishicha, u fransiyalik murabbiy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lib turibdi.

Manbaga ko‘ra, qishda ham at-Tani Zidanni klub bosh murabbiyligiga taklif qilgan, ammo u Fransiya milliy jamoasini boshqarish istagi sabab ushbu taklifga rozi bo‘lmagan. Ammo endi Zidan parijliklarning taklifini o‘rganib chiqishga rozi bo‘lgan.

Avvalroq, yaqin orada «PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino va klub sport direktori Leonardo jamoani tark etishi xabar qilinayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Zidanning so‘nggi ish joyi «Real» bo‘lib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!