Zidan "Real"ga qayta olmaydi. Sababi...

Zidan "Real"ga qayta olmaydi. Sababi...

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan munosabatlari keskinlashgan Florentino Peres prezidentligi davrida "Real"ga qaytishga umid qila olmasa kerak. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Fransiya terma jamoasidagi ish masalasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, Zidan “Real”ga qaytishni istadi, biroq u boshqa ish izlashiga to‘g‘ri keladi. "Real"ning hozirgi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bo‘lib, u bu lavozimga aynan Zidan o‘rniga tayinlangandi.

Bosh murabbiy sifatida Zidan "Real" bilan uch marta Chempionlar ligasida, ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan. Mutaxassisning Madrid klubini tark etishi 2021 yilning 27 mayida ma’lum bo‘lgan edi. O‘shandan beri Zidan murabbiylikka qaytmadi. "Real" - Zidan yuqori saviyada ishlagan yagona klub.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!