Zidan "PSJ" bilan deyarli shartnoma imzolagan edi. Ammo...

Zidan "PSJ" bilan deyarli shartnoma imzolagan edi. Ammo...

Zinedin Zidan "PSJ" bosh murabbiyi etib tayinlanishiga yaqin edi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, shu yozda murabbiy va klub o‘rtasida muzokaralar olib borilgan. Qaysidir payt tomonlar kelishuvga shu qadar yaqin bo‘lishdiki, "PSJ" Zidanning tayinlanishi haqida rasmiy xabar tayyorlay boshladi.

Murabbiy yaqinda parijliklar bilan ishlashdan bosh tortdi. U Fransiya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini kutishga qaror qildi. Didye Deshamning shartnomasi JCH-2022 yakuniga qadar amal qiladi va u uzaytirilmagan. Zinedin terma jamoa bilan ishlash imkoniyatini qo‘ldan boy berishni istamayapti.

Kelajakda Zidan "PSJ"ni boshqarishi mumkin. Ammo hozir murabbiy vaqt hali kelmaganiga ishonmoqda.

Zidan Fransiya futbol federasiyasidan milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi uchun kafolat olganmi yoki yo‘qmi, noma’lum. Shunga qaramay, u Fransiya terma jamoasidagi bo‘sh o‘rinni kutishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!