Zidan «Oltin to‘p»ga kim munosibligini aytdi

Zidan «Oltin to‘p»ga kim munosibligini aytdi

«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Oltin to‘p» haqida fikr bildirdi.

«Benzema bu yil «Oltin to‘p»ga loyiq. U — aql bovar qilmaydigan futbolchi va unga murabbiylik qilish katta sharaf edi. U maydonda barcha ishni qila oladi.

Karim boshqalardan yuqoriroq va umid qilamanki, u «Oltin to‘p»ni oladi. Men unga sovrinni bergan bo‘lardim», — deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Telefoot.

«Oltin to‘p» topshirish marosimi 29 noyabr kuni Parijdagi Shatl teatrida bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!