Zidan «Bavariya»da ishlashga qiziqmoqda

Zidan «Bavariya»da ishlashga qiziqmoqda

Zinedin Zidan kelasi mavsum bosh murabbiylik faoliyatini davom ettirish niyatida.

Fransiyalik murabbiyga da’vogarlardan biri «Bavariya» bo‘lib, Zidanning o‘zi ham Germaniyada ishlashga qarshi emas. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Hozirda «Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann hisoblanadi.

Bosh murabbiy sifatida Zidan «Real» bilan 3 marta Chempionlar Ligasida, 2 bor Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘lgan. Mutaxassis Madrid klubini 2021 yilning 27 mayda tark etgandi. O‘shandan beri u murabbiylikka qaytmadi.

Avvalroq Zidan Fransiya milliy jamoasini boshqarishi mumkinligi xabar qilingandi, ammo Didye Desham o‘z lavozimida qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!